Laboratoriya ishi Kalorimetriya. Kalorimetr doimiyligini topish. Tuzlarning erish issiqliklarini aniqlash



Yüklə 369,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix05.05.2023
ölçüsü369,15 Kb.
#108177
  1   2   3   4
2-laboratoriya ishi



- laboratoriya ishi
Kalorimetriya. Kalorimetr doimiyligini topish. Tuzlarning erish issiqliklarini 
aniqlash 
Tuzning suvda erishida modda tuzilishining boshqa holatdagi o’zgarishlari kabi, issiqlik 
yutilishi yoki ajralishi kuzatiladi. Moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlardagi issiqlik 
effektlarini o’rganish bilan termokimyo fani shug’ullanadi. Termokimyo asosida 1840 yilda 
akadimek G.I.Gess tomonidan kashf qilingan qonun yotadi. Bu qonunga binoan, reaksiyaning 
issiqlik effekti faqat ta’sirlashayotgan moddalarning boshlang’ich va oxirgi holatiga bog’liq 
bo’lib, ularning bir holatdan boshqa holatga qanday yo’l bilan o’tganligiga bog’liq emas. 
Bu qonun yordamida aniq o’lchov olib bo’lmaydigan joydagi modda o’zgarishining 
issiqlik effektini hisoblab topish mumkin. Masalan, to’g’ridan-to’g’ri yo’l bilan o’lchash 
yordamida kristallgidrat hosil bo’lishining issiqlik kattaligini aniq hisoblash qiyin, chunki suv va 
suvsiz qattiq moddadan kristallgidrat hosil bo’lishi suvsiz modda kristallarining yuza qavati suv 
bilan ta’sirlashishi boshlanishida juda tez boradi, so’ngra esa reaksiya tezligi sekinlashadi va tez 
tugamaydi. Bundan tashqari, moddaning suvda erish jarayoni qiyinlashadi. Ammo 
termokimyoning asosiy qonuni yordamida suvsiz tuzning va kristallgidratning erish isiqligini 
o’lchash va birinchi kattalikdan ikkinchisini ayirish bilan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligini 
aniqlash mumkin. 
Q = Q
suvsiz tuz 
– Q
kristallgidrat
(1) 
Tuz suvda erishi bilan birga yana ikki jarayon sodir bo’ladi:
1. Modda kristall panjarasining buzilishi va molekulalarning ionlarga dissosilanishi, bunda 
Q
1
ga teng miqdorda issiqlik yutiladi.
2. Ionlarning gidratlanishi. Bunda Q
2
ga teng miqdorda issiqlik ajraladi. 
Tuzning erish issiqligi bu ikkala jarayondagi issiqlik effektlarining algebraik yig’indisiga 
teng: 

Yüklə 369,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin