Q
erish .
= Q
2
+ Q
1
Shuning uchun kristall panjarasi mustahkam va eritmalarida qiyin gidratlanadigan
moddalarning erishi issiqlik yutilish bilan boradi. Kristall panjarasi mustahkam bo’lmagan,
eritmalarida kuchli gidratlangan ionlar (masalan, vodorod yoki gidroksil ionlari) hosil qiladigan
moddalarning esa erishi issiqlik ajralishi bilan boradi.
Moddaning erish issiqligi 1 mol eriyotgan moddaga to’g’ri keladigan erituvchining
miqdori ortgan sari oshib boradi. Agar 1 mol moddaga 100-300 moldan ko’p erituvchi sarflansa,
unda eritmaning keyingi suyultirishlari erish issiqligi kattaligini kam o’zgartiradi.
Erish issiqligi deb, 1 mol moddaning shunday miqdordagi erituvchida eritilganda
yutilayotgan yoki ajralib chiqayotgan issiqlikka aytiladiki, bunda erituvchidan keyingi
qo’shilishlarda issiqlik effekti o’zgarishi kuzatilmasligi kerak.
Ishning maqsadi. 1. Issiqlik effektlarini o’lchashning kalorimetrik usuli bilan tanishish. 2.
Tuzning erish issiqligini aniqlash. 3. Suvsiz tuzdan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligini aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: Aralashtirgichli shisha idish yoki 0,5 l hajmli Dyuar idishi;
0,5 l hajmli stakan; Bekman termometri; tuz uchun ampula; shisha tayoqcha; analitik tarozi; chinni
havoncha; texnik tarozi; analitik tarozi; sekundomerli soat; KNO
3
; CuSO
4
*5H
2
O; suvsiz CuSO
4
.
Asbobning tuzilishi. Tuzning erish issiqligini aniqlash uchun kalorimetrdan foydalanish
mumkin. Kalorimetr 500 ml hajmli Dyuar idishi (1) ga tiqin (3) bilan o’rnatilgan Bekman
termometri (4), tuz uchun probirka (5) (ampula), shisha tayoqcha (6) dan iborat (2-rasm).
Kalorimetr doimiysini aniqlash. Kalorimetrda borayotgan jarayonning issiqlik effektini
hisoblash uchun kalorimetr doimiysini, ya’ni termometrli, aralashtirgichli, probirkali, suvli va tuzli
kalorimetrni 1
0
C ga isitish uchun talab etiladigan issiqliqning kaloriyalardagi miqdorini bilish
lozim.
t temperaturagacha isitish uchun quyidagi miqdorda issiqlik sarflanadi:
n
t
K
Q
(2)
Bu yerda Q-tuzning erish issiqligi; n-tuzning mollar miqdori;
t- kalorimetrda topilgan
temperatura o’zgarishi; K- kalorimetr doimiyligi.
Kalorimetr doimiyligi K ni qandaydir tuzning erish issiqligi bilan, masalan, kaliy nitratning
erish issiqligini bilgan holda aniqlash mumkin. Buning uchun chinni havonchada kaliy nitrat (5-
7g) yaxshilab eziladi. Bo’sh ampula shisha tayoqcha bilan birgalikda 0,01 g aniqlik bilan
o’lchanadi, unga 5 g miqdorida (
0,05 mol) tuz o’lchab solinadi va yana o’lchanadi. Massalar
farqidan tuzning massasi topiladi. Dyuar shisha idishi tiqinsiz holda 0,1 g aniqlikda texnik tarozida
o’lchab olinadi va 18
0
C temperaturali distillangan suvdan 300 ml atrofida quyiladi. Suvli idish
yana o’lchanadi va massalar farqidan suvning massasi topiladi.
2-rasm. Kalorimetr asbobining sxemasi.
1-Dyuar idishi,
2-shtativ,
3-rezina tiqin,
4-Bekman termometri,
5-ampula,
6-shisha tayoqcha,
7-aralashtirgich.
Kalorimetr tiqin bilan yopiladi va unga Bekman termometri, aralashtirgich va tuzli ampula
o’rnatiladi. So’ngra avval suv, keyin tuz eritmasi harorati Bekman termometri yordamida
aniqlanadi. Kaliy nitratning erishi issiqlik yutilishi bilan borganligi uchun simob meniski Bekman
termometri shkalasining yuqorigi qismida turishi lozim. Kalorimetrning tashqi muhit bilan issiqlik
almashinishini hisobga olgan holda va tajriba vaqtidagi temperaturaning haqiqiy o’zgarishini
aniqlash uchun kalorimetrik jarayon 3 bosqichga bo’linadi:
1.
dastlabki bosqich, 5 minut davom etadi;
2.
asosiy bosqich – tuzning erish jarayoni;
3.
so’nggi bosqich – 5 min.
Kalorimetrdagi suvni aralashtirib turib, tashqi muhit bilan issiqlik almashinishi natijasida
temperaturaning o’zgarishi kuzatiladi. Har yarim minutda temperatura bir xil o’zgarishda davom
etsa, har yarim minut ichida 5 min davomida 0,002 grad. aniqlikda temperatura hisoblashlari
o’tkaziladi. Shundan so’ng tuzning hammasi suvga tushishi uchun tayoqcha bilan tuzli ampula
sindiriladi va eritmani aralashtirib, yuqoridagidek belgilangan holda temperatura o’zgarishi
kuzatiladi (asosiy bosqich). Agar temperatura juda tez pasaysa va uni minglik, hatto yuzlik
ulushdagi gradusda kuzatish qiyin bo’lsa, unda uni kichik aniqlikda (yuz ulushli gradusgacha)
hisoblanadi. Asosiy bosqichning tugashi va so’nggi bosqichning boshlanishini temperaturaning
yana bir xil o’zgarishidan aniqlanadi. So’nggi bosqichda temperatura dastlabki bosqichdagidek 5
minut davomida belgilanadi.
3-rasm. Vaqt oralig’ida harorat o’zgarishining grafigi.
Tuzning erish harorati o’zgarishini aniq hisoblash uchun millimetrli qog’ozda grafik
chiziladi, bunda abssissa o’qiga vaqt, ordinata o’qiga esa har 0,5 minutdagi temperatura
ko’rsatkichlari qo’yiladi.
Hosil bo’ladigan taxminiy diagramma 3-rasmda keltirilgan, bunda AB- dastlabki bosqich,
BD-asosiy va DE- so’nggi bosqich.
Jarayonning borish vaqtida kalorimetr va tashqi muhit o’rtasida issiqlik almashinuvi sodir
bo’lganligi tufayli tuz erishi sababli temperaturaning o’zgarishiga tuzatish kiritish lozim. Buning
uchun dastlabki bosqich haroratlarini tutashtiruvchi chiziqni o’ngga davom ettirib, so’nggi bosqich
chizig’ini chapga davom ettiriladi. Asosiy bosqich o’rtasidagi C – nuqtadan punktir chiziqqacha
ordinata o’qiga parallel to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Nuqtalar orasidagi
t oraliq tuzning erishi
natijasida kuzatilgan temperatura o’zgarishiga teng bo’ladi.
t qiymatni aniqlab tenglama bo’yicha kalorimetr doimiysi hisoblab topiladi:
t
n
Q
K
erish
(3)
Bu yerda Q
erish
- ma’lum bo’lgan tuzning erish issiqligi, n – tuzning mol miqdori,
t –
tuzning erishi natijasida tajribada topilgan kalorimetrdagi temperatura o’zgarishi.
Kaliy nitrat uchun 18
0
C dagi erish issiqligi:
Q
eish
= -35,62*10
3
j/mol = -8,52 kkal/mol .
Dostları ilə paylaş: |