Laboratoriya ishi Mavzu: Bulutli texnologiyalar. Google docs amaliy dasturiy paketlarida sohaga oid masala bo‘yicha topshiriqlar bajarish Ishdan maqsad



Yüklə 117,04 Kb.
səhifə2/3
tarix15.03.2023
ölçüsü117,04 Kb.
#88026
1   2   3
9-laboratoriya1

Bulutli texnologiyalar (Cloud) – bu axborotni saqlash va uni qayta ishlash uchun zarur bо‘lgan litsenziyali dasturlarni, axborot tizimi va aloqa vositalarini о‘z ichiga mujassamlashtirgan virtual muhitdir.
Bulutli texnologiyalarda ishlash foydalanuvchilarning ishini unumli va xavfsiz tizimda ishlashni ta’minlanishiga qaratilgan. Ushbu texnologiyaning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
Foydalanuvchi uchun virtual muhitda ishlash imkoniyati yaratiladi.
Foydalanuvchi o‘ziga qulay bo‘lgan tizimni mustaqil ravishda yaratishdan xalos etiladi.
Foydalanuvchi tizimni yaratish va foydalanish xarajatlari sezilarli darajada kamayadi. Bu xizmatlarning 70 foiziga Internet orqali amalga oshirish natijasida erishiladi.
Bulutli texnologiyalarning mobilligi natijasida foydalanuvchi undan dunyoning ixtiyoriy nuqtasida, istalgan paytda foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu tizim filiallari mavjud bo‘lgan korxonalar uchun qulaydir.
Bulutli texnologiyalarning axborotlarni sinxronizatsiyalash imkoniyati foydalanuvchiga tizimdagi o‘zgartirilgan yoki yangi kiritilgan axborotlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Bulutli texnologiyalardan Internetga bog‘langan turli kompyuter, planshet, smartfon yoki android kabi vositalardan foydalanish mumkin.
Bulutli tizimda axborot xavfsizligi doimiy ravishda, amalga oshiriladi, shuning uchun bu xavfsiz tizim doimo sizning xizmatingizda bо‘ladi.
Dasturning yangi versiyalari muntazam ravishda, yangilanib boradi, natijada siz yangi dasturlardan doimo ilova dasturlar kompyuterda yoki smartfonda о‘rnatilganligi yoki о‘rnatilmaganligidan qat’iy nazar, foydalanishingiz mumkin bо‘ladi.
Bulutli tizimda hujjat ustida turli dasturlarda tez ishlash imkoniyati mavjud. Hujjatlar nusxasi bir dasturdan ikkinchisiga osongina kо‘chiriladi.
Hujjatlar ustida real vaqtda birgalikda tezda ishlash, tahrirlash va zarur hollarda, bir zumda tiklash imkoniyatiga ega.
Xatlar bilan ishlash va hujjatlardan foydalanish turli darajadagi vakolatlarini о‘rnatish mumkin.
Bulutli xizmatlardan foydalanish uchun Internet tizimi zarur. Internet tezligi 256 Mb dan kam bо‘lmasligi lozim.
Bulutli texnologiyalarning sanab о‘tilgan imkoniyatlari korxona axborot tizimi yaratilishini yengillashtiradi va uning bu boradagi xarajatlarini kamaytiradi. Shuning uchun bulutli texnologiyalardan korxonalarda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ushbu texnologiya korxonani kо‘pgina murakkab texnik vazifalardan xalos etadi.
Shu bilan birga, bulutli texnologiya oila a’zolari uchun ham qulaydir. Bunda otaonalar farzandlarining kompyuterdagi faoliyatini kuzatishi va zarur hollarda, nazorat qilishlari hamda tezda tiklash imkoniyatlari mavjud.

Yüklə 117,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin