3-LABORATORIYA ISHI
TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH
Ishdan maqsad: Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni olib
tashlash (сброс) bo’yicha amaliy ko’nikmalar olish
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR
Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo’ladigan parolning yo’qotilishi yoki
unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco
kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash ( Сброс) jarayoni
ko’rib chiqiladi.
Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to’g’ridan-to’g’ri konsol kabel orqali
ulanishni ko’zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat kirish
huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e’tiborga olinishi
kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki yo’qolgan
konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli rejimda (Privileged
EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha parollarni
o’zgartirish.
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik kira
olish kerak, ya’ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo’lishi kerak.
Marshrutizatorda
konfiguratsion
registr
mavjud
bo’lib,
ushbu
registr
marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab
qiluvchi xotirada saqlanadi.
Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi ketma-ketligiga
javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya’ni marshrutizatorga
operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko’rsatib
beradi. Uning odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga,
to’rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar unitilishi yoki
yo’qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga o’zgartirish kerak bo’ladi.
Ko’pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102
bo’ladi.
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo’lsa, unda konfiguratsion
registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo’ladi:
R1#show version
Cisco IOS Software, 2800 Software (C2800NM-ADVIPSERVICESK9-M), Version
12.4(15)T1, RELEASE SOFTWARE (fc2)
M860 processor: part number 0, mask 49
2 FastEthernet/IEEE 802.3 interface(s)
239K bytes of NVRAM.
62720K bytes of processor board System flash (Read/Write)
Configuration register is 0x2102
Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o’z ichiga olgan bo’ladi. Endi
unutilgan parolni o’zgartirish jarayoni bosqichma-bosqich ko’rib chiqiladi.
Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (3.1-rasm.) orqali ulanish
lozim ( Rollover deb ham nomlanadi).
3.1-rasm. Konsol kabelining ko’rinishi.
Konsol orqali ulaniladi va keyingi jarayonlarning barchasi konsol port orqali
amalga oshiriladi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga Console kabeli yordamida
ulanishi
Xizmat ko’rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON rejimida
marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o’chiriladi va qayta ishga tushiriladi
(3.3-rasm).
3.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida Router qurilmasining elektr ta’minotini
o’chirib/yoqish tugmasi
Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish uchun odatiy
boshlang’ich IOS ishga tushish jarayoni to’xtatiladi, buni amalga oshirish terminalga
bog’liq. Masalan, hyperterminalda – “Ctrl-Break”, teratermda – “Alt-B”, Cisco
Packet Tracer emulyatorida – “Ctrl-Break” va h.k.
Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga tushirilishida
Ctrl+Break tugmalari qo’shilib bosiladi:
System Bootstrap, Version 12.1(3r)T2, RELEASE SOFTWARE (fc1)
Copyright (c) 2000 by cisco Systems, Inc.
Initializing memory for ECC
.c2811 processor with 524288 Kbytes of main memory
Main memory is configured to 64 bit mode with ECC enabled
Readonly ROMMON initialized
Self decompressing the image :
##############
monitor: command "boot" aborted due to user interrupt
rommon 1 >
Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi. Bu yerda
konfiguratsiya registri confreg 0x2142 buyrug’i bilan o’zgartiriladi, natiyjada
marshrutizator Flash xotiraga yozilgan konfiguratsion faylni ishga tushirilishida
ishlatmaydi. Bundan keyin reset buyrug’ini kiritish orqali marshrutizator qayta ishga
tushiriladi.
rommon 1 > confreg 0x2142
rommon 2 > reset
Endi marshrutizator konfiguratsion faylsiz ishga tushadi va eski konfiguratsion
faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda copy startup-config running-
config buyrug’i orqali amalga oshiriladi.
Router>enable
Router#copy startup-config running-config
Destination filename [running-config]?
700 bytes copied in 0.416 secs (1682 bytes/sec)
Router1#
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console
Bundan keyin paroli unutilgan eski konfiguratsiya qo’yiladi, lekin bu yerda
imtiyozli rejimda turganligi uchun eski parolni yangisiga o’zgartirsa bo’ladi.
Router1#conf t
Router1(config)#enable password NewPassword
Router1(config)#enable secret NewPassword
Router1(config)#line vty 0 4
Router1(config-line)#password NewPassword
Router1(config-line)#login
Router1(config-line)#exit
Router1(config)#line console 0
Router1(config-line)#password NewPassword
Router1(config-line)#login
Parollar o’zgartirildi, endi konfiguratsion registrning eski qiymatini qayta joyiga
qo’yish kerak, buning uchun config-register 0x2102 buyrug’i kiritiladi
Router1(config)# config-register 0x2102
Bundan keyin yangi konfiguratsiya saqlanadi va marshrutizator qayta ishga
tushiriladi
Router1#copy running-config startup-config
Router1#reload
Marshrutizator qayta ishga tushirilgach, yangi parollar bilan saqlangan
konfiguratsion faylni o’ziga oladi. Yana, no service password-recovery buyrug’ini
ishlatish orqali parol tashlab yuborilishi imkoniyatini o’chirib qo’ysa bo’ladi, buning
uchun yuqorida ta’kidlanganidek qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak.
Dostları ilə paylaş: |