Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#104502
  1   2   3
3-Laboratoriya ishi



3-LABORATORIYA ISHI 
TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH 
 
 
Ishdan maqsad: Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni olib 
tashlash (сброс) bo’yicha amaliy ko’nikmalar olish 
 
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR 
 
Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo’ladigan parolning yo’qotilishi yoki 
unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco 
kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (Сброс) jarayoni 
ko’rib chiqiladi. 
Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to’g’ridan-to’g’ri konsol kabel orqali 
ulanishni ko’zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat kirish 
huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e’tiborga olinishi 
kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki yo’qolgan 
konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli rejimda (Privileged 
EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha parollarni 
o’zgartirish. 
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish 
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik kira 
olish kerak, ya’ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo’lishi kerak. 
Marshrutizatorda 
konfiguratsion 
registr 
mavjud 
bo’lib, 
ushbu 
registr 
marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab 
qiluvchi xotirada saqlanadi.
Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi ketma-ketligiga 
javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya’ni marshrutizatorga 
operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko’rsatib 
beradi. Uning odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga, 
to’rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar unitilishi yoki 
yo’qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga o’zgartirish kerak bo’ladi. 
Ko’pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102 
bo’ladi. 
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo’lsa, unda konfiguratsion 
registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo’ladi: 
R1#show version 
Cisco IOS Software, 2800 Software (C2800NM-ADVIPSERVICESK9-M), Version 
12.4(15)T1, RELEASE SOFTWARE (fc2) 
M860 processor: part number 0, mask 49 
2 FastEthernet/IEEE 802.3 interface(s) 
239K bytes of NVRAM. 
62720K bytes of processor board System flash (Read/Write) 
Configuration register is 0x2102 


Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o’z ichiga olgan bo’ladi. Endi 
unutilgan parolni o’zgartirish jarayoni bosqichma-bosqich ko’rib chiqiladi. 
Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (3.1-rasm.) orqali ulanish 
lozim (Rollover deb ham nomlanadi). 
3.1-rasm. Konsol kabelining ko’rinishi. 
Konsol orqali ulaniladi va keyingi jarayonlarning barchasi konsol port orqali 
amalga oshiriladi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga Console kabeli yordamida 
ulanishi 
Xizmat ko’rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON rejimida 
marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o’chiriladi va qayta ishga tushiriladi 
(3.3-rasm). 
3.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida Router qurilmasining elektr ta’minotini 
o’chirib/yoqish tugmasi 


Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish uchun odatiy 
boshlang’ich IOS ishga tushish jarayoni to’xtatiladi, buni amalga oshirish terminalga 
bog’liq. Masalan, hyperterminalda – “Ctrl-Break”, teratermda – “Alt-B”, Cisco 
Packet Tracer emulyatorida – “Ctrl-Break” va h.k. 
Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga tushirilishida 
Ctrl+Break tugmalari qo’shilib bosiladi: 
System Bootstrap, Version 12.1(3r)T2, RELEASE SOFTWARE (fc1) 
Copyright (c) 2000 by cisco Systems, Inc. 
Initializing memory for ECC 
.c2811 processor with 524288 Kbytes of main memory 
Main memory is configured to 64 bit mode with ECC enabled 
Readonly ROMMON initialized 
Self decompressing the image : 
############## 
monitor: command "boot" aborted due to user interrupt 
rommon 1 > 
Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi. Bu yerda 
konfiguratsiya registri confreg 0x2142 buyrug’i bilan o’zgartiriladi, natiyjada 
marshrutizator Flash xotiraga yozilgan konfiguratsion faylni ishga tushirilishida 
ishlatmaydi. Bundan keyin reset buyrug’ini kiritish orqali marshrutizator qayta ishga 
tushiriladi. 
rommon 1 > confreg 0x2142 
rommon 2 > reset 
Endi marshrutizator konfiguratsion faylsiz ishga tushadi va eski konfiguratsion 
faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda copy startup-config running-
config buyrug’i orqali amalga oshiriladi. 
Router>enable 
Router#copy startup-config running-config 
Destination filename [running-config]?
700 bytes copied in 0.416 secs (1682 bytes/sec) 
Router1# 
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console 


Bundan keyin paroli unutilgan eski konfiguratsiya qo’yiladi, lekin bu yerda 
imtiyozli rejimda turganligi uchun eski parolni yangisiga o’zgartirsa bo’ladi. 
Router1#conf t 
Router1(config)#enable password NewPassword
Router1(config)#enable secret NewPassword
Router1(config)#line vty 0 4 
Router1(config-line)#password NewPassword 
Router1(config-line)#login 
Router1(config-line)#exit 
Router1(config)#line console 0 
Router1(config-line)#password NewPassword 
Router1(config-line)#login 
Parollar o’zgartirildi, endi konfiguratsion registrning eski qiymatini qayta joyiga 
qo’yish kerak, buning uchun config-register 0x2102 buyrug’i kiritiladi 
Router1(config)# config-register 0x2102 
Bundan keyin yangi konfiguratsiya saqlanadi va marshrutizator qayta ishga 
tushiriladi 
Router1#copy running-config startup-config 
Router1#reload 
Marshrutizator qayta ishga tushirilgach, yangi parollar bilan saqlangan 
konfiguratsion faylni o’ziga oladi. Yana, no service password-recovery buyrug’ini 
ishlatish orqali parol tashlab yuborilishi imkoniyatini o’chirib qo’ysa bo’ladi, buning 
uchun yuqorida ta’kidlanganidek qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin