2. Tarmoq bog‘lanishni tekshiring
– qurilmaning konfiguratsiyasini ko‘rsating
– telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang
– kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line
Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan
usullar keltirilgan:
– Console
– Telnet yoki SSH
– Port AUX
Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan
kirishni ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning
afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan
ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi
holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli
(RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga
oshiriladi.
TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish
uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854
da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro
ishlashni ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi
aloqada ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: