Laboratoriya mashg’uloti №-5 Mavzu. Biologiyani o’qitishda pisa (Programme for International Student Assesment) topshiriqlarining mezonlari bilan tanishish. Ishdan maqsad
Laboratoriya mashg’uloti №-5 Mavzu. Biologiyani o’qitishda PISA (Programme for International Student Assesment) topshiriqlarining mezonlari bilan tanishish. Ishdan maqsad. Pisa topshiriqlari va uni baholash mezonlarini o’rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar. Pisa topshiriqlari aks etgan ko’rgazmali rasmlar, jadvallar, slayadlar.
Nazariy tushuncha. Har bir PISA topshirig‘i bir yoki bir nechta savolni o‘z ichiga oladi. Savollar bir yoki bir nechta javob varianti tanlanadigan yoki javobi yoziladigan bo‘ladi. Topshiriqlarining murakkablik darajasiga ko‘ra ba’zi savollarga berilgan javoblar 1 ball, ba’zilari esa 2 ball bilan baholanadi. Baholash mezonlarida javoblarga ball qo‘yilishi, har bir savolning javobi, mazkur savol orqali o‘quvchining qaysi kompetensiyasi baholanishi inobatga olinadi. PISA topshiriqlarini aynan bitta sinf va bitta mavzuga bog‘lash mushkul: bitta topshiriqning bir savoli qaysidir sinfning qaysidir mavzusiga tegishli bo‘lsa, ikkinchi savoli boshqa sinfning qaysidir mavzusiga tegishli yoki ko‘p hollarda, integratsiyalashgan bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, o‘qituvchilar PISA topshiriqlarining har bir savolini tegishli mavzuga bog‘lashlari tavsiya etiladi. Testlarning g’oyalarini baholash va takomillashtirish jihati diqqatni o’quvchilarning taqdim etilgan g’oyaning kamchiliklarini aniqlash va ularni bartaraf etishning o’ziga xos usulini taklif etish ko’nikmasiga qaratadi
Baholash mezoni Mazkur topshiriqni bajarish uchun o’quvchilar topshiriq matnini diqqat bilan o’qib tushunishlari zarur. Matnda keltirilgan ma’lumotlarni talqin qilish orqali to’g’ri javobni topish mumkin bo’ladi: kariyesning sababchisi bo’lgan bakterialar shaker bilan ozilanadi, shakar kislotaga aylanadi, kislota tishlarning ustki qavatini zararlaydi. Demak, bakterialar shaker bilan ozilanib, kislota ishlab chiqaradi.
Agar o’quvchilar ,,D-bakterialar kislota ishlab chiqaradi” javobli variantni belgilashsa, to’liq qabul qilinadi (1 ball). Boshqa javoblar belgilansa yoki yo’q bo’lsa, qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur savol o’quvchilarning ma’lumotlar va dalillari ilmiy talqin qilish kompetensiyasini baholashga qaratilgan
Baholash mezoni Mazkur topshiriqni bajarish uchun o’quvchilar garfikda keltirilgan ma’lumotlarni talqin qila olishlari kerak: shakar istemol qilish ortishi bilan tishlarning kariyes bilan kasallanish ko’rsatkichi ortib boradi.
Agar o’quvchilar ,, B-odamlar qanchalik ko’p shakar iste’mol qilishsa, ularda bo’lishi ehtimolligi ortadi” javobli variantni belgilshsa, javob to’liq qabul qilinadi (1 ball), javob yo’q yoki boshqa javoblar bo’lsa, javob qabul qilinmaydi ( 0 ball).
Mazkur topshiriq o’quvchilarning ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
Baholash mezoni Mazkur topshiriqni bajarish uchun o’quvchilarda ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo’lgan savollarni farqlash ko’nikmasi shakillangan bo’lishi talab etiladi: vodoprovod suviga ftor birikmalarini qo’shish tishlar kariyesi muammosiga qanday ta’sir ko’rsatishini ilmiy tadqiq etish mumkin, ammo tish doktori qabulida bo’lish necha pul turishi kerakligi masalasi ilmiy tadqiq etilmaydi. Agar o’quvchilar keltirilgan ketma-ketlikda ikkita tog’ri javobni belgilashsa, javob to’liq qabul qilinadi (1 ball): Ha, Yo’q. Javob yo’q yoki boshqa javoblar bo’lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o’quvchilarning ilmiy tadqiqotlarini loyihalash va baholash kompetensiyasini baholshga qaratilgan.
Mazkur topshiriq o’quvchilarning tabiiy fanlarga bo’lgan munosabati, ya’ni fanga bo’lgan qiziqishlarini baholashga qaratilgan.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar.Daftaringizga ishning maqsadi, mavzuga oid xulosalaringizni yozing va nazorat savollariga izoh bering.
Nazorat savollari Pisa topshiriqlari qanday tartibda tashkil etiladi?