Laboratoriya mashg‘uloti № Mavzu: Qobiq dasturlarda elektron qoʻllanma yaratish. Ishning maqsadi



Yüklə 229,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix01.12.2022
ölçüsü229,47 Kb.
#71748
  1   2
Laboratoriya mashg‘uloti ¹ Mavzu Qobiq dasturlarda elektron qo



Laboratoriya mashg‘uloti №- 
Mavzu: Qobiq dasturlarda elektron qoʻllanma yaratish. 
Ishning maqsadi: Talabalarga qobiq dasturlarda elektron qoʻllanma yaratish 
haqida bilim, tushuncha va koʻnikmalar hosil qilish. 
Dars jihozi: Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, 
Akustik tizimlar va boshqalar; 
Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va koʻnikmaga ega 
boʻladi.
Nazariy qism:
AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga 
ega holda iste‟molga chiqarilgan:
1. Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, 
multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta‟minotlarni yaratish; 
2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va 
boshqalarni biriktira olish xususiyati;
3. Web-ilova yaratishga mo„ljallangan mukammallashgan instrumentlar; 4. 
XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi;
5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;
6. Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati;
7. Matn rangini o„zgartirish uchun RadioButton obyektining mavjudligi; 8. 
Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi; 
9. Obyektlarni formatlash imkoniyati; 
10. Kalit so„zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo.
AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bogʻliq bir 
nechta buyruqlarni o„z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi (1-rasm): 
1-rasm.AutoPlay dasturining ishga tushirilishi 
Bu muloqot oynasida quyidagi to„rtta taklif ilgari surilgan bo„ladi: 1) Create 
a new project (Yangi loyiha yaratish); 2) Open an existing project (Yaratilgan 
loyihalardan birini ochish); 3) Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani 
ochish); 4) Exit AutoPlay Media Studio (Dasturdan chiqish). Agar AutoPlay 
Media Studioning ruscha varianti o„rnatilgan bo„lsa, u holda taklif rus tilida
inglizcha varianti o„rnatilgan bo„lsa, u holda taklif ingliz tilida bo„ladi. AutoPlay 
har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos scriptlar uchun tayyor kodlar 


to„plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq foydalanish uchun 
dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma‟qul. 
Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Creat a new project” bandini 
tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat 
quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi (2-rasm): 
2-rasm. Loyiha shablonlarini tanlashga oid muloqot oynasi 
Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud 
loyihalardan birini tanlaymiz yoki o„zimiz istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz 
mumkin.  

Yüklə 229,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin