Laboratoriya mashg’uloti №11. Mavzu: Reaksiya tezligining temperaturaga, katalizatorga bog’liqligi. Avtokataliz. Reaksiya tezligiga temperaturaning ta’siri



Yüklə 22,41 Kb.
səhifə2/6
tarix31.12.2021
ölçüsü22,41 Kb.
#50104
1   2   3   4   5   6
11-LABORATORIYA ISHI

Vo = Vb γn

Bunda Vo -berilgan har qanday oxirgi temperaturadagi reaksiyaning tezligi, Vb -boshlang‘ich tezlik, n-reaksiyaning temperaturasi nechta o‘nlik gradusga o‘zgarganligini ko‘rsatuvchi son, γ-reaksiyaning temperatura koeffitsienti.

Misol. Agar reaksiyaning temperatura koeffitsenti 2 ga teng bo‘lsa temperatura 200C dan 500C ga organda kiyoviy reaksiyaning tezligi qanday o‘zgaradi?

V500C=V200C 2 50-20/10=V200C 23= = 8

ya’ni reaksiyaning tezligi 8 martagacha ortadi.



Kimyoviy reaksiyaning tezligiga katalizatorning ta’siri. Kimyoviy jarayon tezligini o‘rgartiruvchi moddalarga katalizatorlar deyiladi. Katalizatorlar qattiq suyuq yoki gaz moddalar bo‘lishi mumkin, ularning tarkibi va miqdori reaksiyaning oxirida o‘zgarmaydi.

Kimyoviy reaksiyaning tezligi katalizator ishtirokida o‘zgarishi kataliz deyiladi. Katalizator bilan reaksiyaga kiruvchi moddalar bir yoki turli fazalarda bo‘lishiga qarab gomogen yoki geterogen katalizga bo‘linadi. Geterogen katalizda ajratuvchi yuza bo‘ladi.

Katalizator kolloid holatda bo‘lgandagi kataliz mikrogeterogen deyiladi. Bunday turdagi katalizga katalizatori fermentlar bo‘lgan biokatalitik jarayonlar kiradi.

Reaksiya tezlatuvchi moddalar bilan bir qatorda ularni sekinlashtiruvchi moddalar ham qo‘llaniladi. Bunday moddalar ingibitorlar deb ataladi.




Yüklə 22,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin