Microsoft Power Point dasturida animatsiyalar faqat matn figuralar uchun amalga oshiriladi. Animatsiya hosil qilish uchun “Animatsiya” menyusidan foydalaniladi (30 – rasm). Matn, figura, diagramma va rasmlarda animatsiya qo‘llash uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
Matn belgilanadi → Animatsiya menyu → “Animatsiya” bo‘limidan kerakli bo‘lgan animatsiya turi tanlanadi → sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.
30 – rasm. “Animatsiya” menyusi
Ushbu tugma qo‘llangan animatsiyalarni “Rabochiy rejimda” ko‘rish imkoniyatini beradi.
31–rasm.“Parametrыeffektov”menyusi
Matnga bir emas bir necha animatsiya qo‘llash uchun “Dobavit animatsiyu” tugmasidan foydalanamiz. Matnning chap tomonida animatsiya ketma ketligi tartib raqam bilan ko‘rsatiladi (32 – rasm).
32 – rasm. Matnga animatsiya qo‘shish Tayyorlangan prezintatsiyani namoyish etish uchun “Pokaz slaydov”
menyusidan foydalanamiz (33 – rasm).
33–rasm.“Pokaz slaydov” menyusi
Prezintatsiyani 1-slayddan boshlab namoyish etiladi.
Prezintatsiya ko‘rsatilgan slayddan boshlab namoyish etiladi.
Slaydlar ketma-ketligini o‘zgartirish uchun “Proizvolnыy pokaz” tugmasidan foydalanamiz. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
Pokaz slaydov menyusi → Proizvolnыy pokaz → Proizvolnыy pokaz → oyna hosil bo‘ladi → Sozdat → Oyna hosil bo‘ladi → Slayd ketma-ketligini ko‘rsatiladi → OK
34–rasm. Slaydlar ketma-ketligini o‘zgartirish
Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi
Dasturni ishga tushiring.
Taqdimot fonini shablondan tanlang.
Berilgan topshiriq bo`yicha taqdimot tayyorlang.
Tayyor bo`lgan taqdimotga rasm, video va animatsiyalar o`rnating.
Tayyor taqdimotni Ispring dasturi yordamida turli ko`rinishlarga o`tkazing.