LABORATORIYA MASHG`ULOTI.
O`QUV JARAYONI UCHUN O`RGATUVCHI TAQDIMOTLAR YARATISH.
Ishdan maqsad: MS Power Point va Ispring dasturlari yordamida turli taqdimotlar yaratishni o`rganish.
USLUBIY KO`RSATMALAR:
MS Power Point dastur interfeysi.
Power Point dasturi prezentatsiyalar bilan ishlash (tanishtirish, taqdimotlar qilish) uchun eng qulay dasturiy vositalaridan biridir. Bu dastur orqali xilma-xil turdagi qo‘rgazmali qurollarni yaratish mumkin va ayrim joylarda esa uni ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo‘llash mumkin.Ushbu dasturda multimediya vositalaridan ham keng foydalanish mumkin. Bu yerda asosiy tushunchalar slayd va prezentatsiya hisoblanadi.
Prezentatsiya – bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish,
tarqatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaklida bitta faylda saqlanadi.
Slayd – bu prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, o‘z
ichiga matnni,
sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
Animatsiya – bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini
oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig‘іindisidan iborat.
Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim (1 – rasm).
Pusk→Vse programmы→Microsoft Office→Microsoft PowerPoint
1 – rasm. Dasturni ishga tushurish ketma – ketligi