Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi bilan tanishtirish Laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonidagi tartibqoidalar


Yong‘in va texnika xavfsizlik qoidalari



Yüklə 15,35 Kb.
səhifə3/3
tarix16.09.2023
ölçüsü15,35 Kb.
#144013
1   2   3
1-laboratoriya mashg\'uloti

Yong‘in va texnika xavfsizlik qoidalari
1. Laboratoriyada ishlayotgan har bir kishi yong‘in va texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishi lozim.
2. Turli gaz gorelkalar va spirt lampalardan to‘g‘ri foydalanishni bilishi kerak.
3. Issiq idish va asboblarni hech qachon stolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yish yaramaydi, buning uchun maxsus taglik (azbest qog‘oz, oyoqli metal panjara) bo‘lishi kerak.
4. Tez alangalanuvchi moddalar solingan idishlarni ochiq alangada qizdirish va uning yaqinida saqlash mumkin emas.
5. Agar tez alangalanuvchi moddalar yonib ketsa darhol qizdirish manbayini o‘chirish va qum sepish yoki maxsus o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish kerak. 6. Ishlayotgan kishining ust kiyimi yonib ketsa darxol qalin mato yopib havoning kirishini to‘xtatish lozim.
7. Elektr asbob – uskunalari tokga ulanganda yerlatilishi lozim.
8. Laboratoriya xonalarida har bir elektor ulanish nuqtalari (rezetkalar) izolatsiyalangan va kuchlanish volt kattaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
9. Ish tugagandan so‘ng barcha asbob – uskunalarni tozalab, reaktivlarni joy – joyiga qo‘yish, elektr ulagichlarini o‘chirib, gaz va suv jo‘mraklarini berkitib chiqish va ish joyini tartibga solib, laborantga topshirish talab etiladi.
Birinchi yordam ko‘rsatish
1. Teriga kislotalar to‘kilsa darhol o‘sha joy suv bilan 3–4 marta yuviladi, so‘ngra kaliy permanganat yoki natriy bikarbonat tuzining 3% li eritmasiga botirilgan paxta qo‘yiladi.
2. Teriga ishqor to‘kilganda avval oqar suv bilan toki silliqligi ketguniga qadar yuvish kerak. So‘ngra kaliy permanganatning 3% li, sirka yoki bor kislotaning 2% li eritmasi bilan yuviladi.
3. Ko‘zga kislota yoki ishqor sachrasa, ko‘zni yaxshilab toza suv bilan yuvish so‘ngra vrachga murojoat etish kerak.
4. Alanga yoki issiq ta’sirida kuygan joy kaliy permanganatning 3% li eritmasi, taninning spirtdagi eritmasi bilan yuvilib, so‘ngra streptasid emulsiyasi surtib bog‘lab qo‘yish kerak.
5. Xrom, brom, vodorod sulfid, karbon (II) oksidi va simob bilan zaharlanganda ochiq havoga chiqarib, vrachga murojoat qilish lozim.
Yüklə 15,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin