Ladning asosiy septakkordlari va ularning aylanmalari tovushidan va tonalliklarda tuzib, yechilishlari bilan kuylash (Dominantseptakkord, Subdominantseptakkord, Yetakchi septakkordlar) mavzusi mazmunini toʻliq qamrab olishga qaratilgan boʻlib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga asoslangan. Bunda talabalar quyidagi talablar bo’yicha izlanishlari kerak: - konspekt yozish; - glossariy tuzish; - manbalar bilan ishlash; - multimediali taqdimotlar yaratish; - individual o‘quv vazifalar bajarish; - mavzuga oid topshiriqlarni nota daftarida tuzish; - nota daftarida berilgan kuy, bas ovozini garmoniyalashtirish; - fortepianoda akkordlar ketma-ketlik (sifrovka)larini chalish;
SEPTAKKORD. DOMINANTSEPTAKKORD VA UNING AYLANMALARI
Tertsiya asosida joylashgan, to’rt tovushli akkordga septakkord deyiladi. Septakkordning ikki chetidagi tovushlar oralig’i septima intervalini hosil qilganligi uchun bu akkord septakkord nomini olgan. Musiqada septakkord xilma-xil ko’rinishlarda qo’llaniladi. Major va garmonik minorning 5 – pog’onasidan tuzilgan septakkord eng ko’p tarqalgan septakkordlardan biridir. Bu akkord dominantseptakkord deyiladi. Dominantseptakkord yuqori tomondan kichik tertsiya qo’shilgan major uchtovushligidan (kat.3 + kich.3 + kich.3) tuziladi. Dominantseptakkord tovushlari asosiy tovushdan boshlab sanalganda: prima (akkordning negizi), tertsiya, kvinta va septima (akkord cho’qqisi) lardan iborat bo’ladi.
Ladning asosiy uchtovshliklari. Lad funksiyalari akkordlar almashinuvidagi turg‘unlik bilan noturg‘unlikning navbatlashib kelishida yuzaga chiqadi.Turg‘unlik holatini tonika, noturg‘unlikning esa boshqa funksiyalar ifodalaydi. Garmonikharakatda bir akkordning tovushlari keyingi akkord tovushlariga o‘tadi. Natijada akkord ovozlari, yani ovoz yo‘nalishi tashkil topadi. Ovoz yo‘nalishi muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunib, musiqiy ijodiy jarayonida qisman yangilanadi. Musiqiy asarda garmoniya, kuy, mеtroritm, tеmp, faktura, dinamika bilan birgalikda bog‘lanib kеladi. Musiqiy asar rivojlanishida garmoniya kuyni boyitadi. Musiqaning boshqa elеmеntlariga hamohang kеlib, garmoniya ularning yanada ta’sirli, maroqli bo‘lishiga xizmat qiladi.