36
III BOB. LAQABLARNING ZAMONAVIY JIHATDAN XARAKTERLI
BELGILARI
3.1. Arxaik laqablar
Hozircha mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarning
eskicha nomi arxaizmlar
deyiladi. So‘zlarning eskirishi sababi shuki, tilda narsa-hodisalarni
bildiruvchi
birdan ortiq so‘z bo‘lsa, til taraqqiyoti qonunlariga javob beradigani iste’molda
qolib boshqasi asta-sekin iste’moldan chiqa boshlaydi va o‘z sinonimiga nisbatan
eski so‘zga aylanadi:
ulus (xalq),
lang (cho‘loq)
tilmoch (tarjimon),
firqa (partiya)
va b.
Tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik belgisi sezilib turadigan so‘zlar yangi
leksik qatlamni tashkil etadi. Bunday so‘zlar neologizm deb ham yuritiladi:
kosmos, kosmodrom, televidenie va b
33
.
Ma’lumki, lug‘at sostavini tashkil qilgan so‘zlarning
bir gruppasi nutq
jarayonida turli funktsiyalarni bajaradilar. So‘zlarning shunday funktsiyalaridan
biri kishilarga qo‘llanilgan laqablar bo‘lib, so‘zlar
semantikasi va stilistikasi
qonuniyatlariga muvofiq bular ham arxaik va neologik laqablarga bo‘linadi.
B o‘ l i s - bu so‘zning asl ma’nosi o‘zbek tilining izohli lug‘atida oktyabrdan
oldin Rossiyada uyezd tarkibidagi bir necha qishloqni o‘z ichiga olgan ma’muriy
bo‘linma va shunday bo‘linmaning hokimi ma’nolarini ifodalashi ta’kidlangan.
Mazkur leksema asosan amalni bildiradi. Uning amal ma’nosi keyinchalik laqabga
aylangan. Bizning fikrimizcha bunday xolatlar faqat kontekstual vaziyatdagina
sodir bo‘ladi. Misollarni qiyoslang:
a) Sariboy
b o‘ l i s haligacha xo‘jayinlarimning
ichida eng xudo urgan
badbaxt, ziqnasi edi.
b) U qishloq sovetining raisi kelgan kunni esladi.
Demak,
b o‘ l i s leksemasining funksiyasi hamda vazifasi o‘rnida qishloq
sovetining raisi so‘z birikmasi ishlatiladi.
33
Dîniyorîv Õ. «Hîzirgi o’zbåê àdàbiy tili» 127-b. Tîshêånt. 1980.