“Layli va Majnun ”- pok va yuksak muhabbat ifodasi


Dostonning tarkibiy tuzilishi, g ‘oya viy mundarijasi va timsollar olami



Yüklə 84,18 Kb.
səhifə2/4
tarix21.12.2023
ölçüsü84,18 Kb.
#187824
1   2   3   4
1.2 Dostonning tarkibiy tuzilishi, g ‘oya viy mundarijasi va timsollar olami.
Dostonning 9-bobi tun ta’rifiga bag‘ishlangan. Bob muayyan ma’noda muqaddima bilan asosiy qismni bog‘lovchi ko'prik vositasini o'taydi. Bobda shoirning qorong'i tunda xayol otiga minib, sayrga chiqish tasviri berilgan. Ishq vodiysiga yetganda ot oqsoqlanib, yo'lda davom etolmay qoladi. Yomg'ir, bo‘ron aralash momaqaldiroq guldurab, chaqin chaqadi. Chaqin yorug'ida shoir saksovulday taxlanib yotgan inson suyaklari, vahshiy hayvonlarni ko‘radi. N.Komilovning “Tasavvuf” kitobida yozilishicha, bu tasvirlarning hammasida muayyan ramz bor. Bu tun hajr tuni, bu vodiy esa ishq vodiysi, vahshiy hayvonlar oshiqqa xuruj etgan balo-ofatlar, suyaklar ishq qurbonlaridan nishona. o‘z asli, Ilohdan ajralgan musofir, g'arib ruh Majnun shu vodiyda yakka o‘ zi boshini egib o'tiribdi. Shu o‘rinda ikkita tashbih qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Qorong'i tunda birin-ketin chaqmoqchaqib, uning yorug'ida qabilalar ko'zga tashlanadi, shunda shoir tunni Laylining sochiga, chaqmoqni esa Layli yuzining ochilishiga o‘xshatadi:
Andoqki qilib karashma mayli,

Zulf ichra jam olin ochsa Layli. Layli yuzi bu o'rinda ilohiy nur manbai, uzun sochlari - moddiy dunyo, firoq tuzoqlari, (“Layli” so'zining o‘zi ham tun ma’nosini bildiradi), ana shu nur manbaining chaqmoqlari Majnun qalbi va vujudidan joy olgan. Ikkinchi tashbih: Navoiy ishq vodiysida “Nori Ayman” (shoxlari shu’ lalanib turgan daraxt)ni ko'radi. Qissa boshlanib, Layli va Majnunning birinchi uchrashuvi tasvirlanganda shoir shu tashbihni takrorlab, Majnunni xuddi shu shu’lali daraxt qiyofasida chizadi, ya’ni Layli yuzining shu’lasidan Majnun qalbi alangalanib ketadi. “Nori Ayman” aslida Qur’ondagi Muso hikoyasiga ishoradir. Muso alayhissalom Allohga yuzingni ко‘rsat deb iltijo qilganlarida, Alloh bir uchqunni Tur tog‘i tomon yo‘naltiradi. Tur tog'i parchalanib, qum holiga keladi, Ayman vodiysi esa yorishib ketib, undagi daraxtlar mash’aladay porlaydi. Alloh ishqi mana shunday qudratga ega. Bu bobning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unda shoir hotif (g'oyibdan ovoz beruvchi) tilidan o‘z yozilajak asarining salaflar dostonlaridan qanday farq qilishi lozimligini bayon etadi. 10-bobdan dostonning asosiy qismi boshlanadi. Bani Omir qabilasida uzoq kutilgan farzand - Qays dunyoga keladi. Qaysning tug‘ilishi, o‘sishi tasvirida ham ilohiy taqdir sezilib turadi. Tug‘ilgandan ishq olovi bilan yo‘g ‘rilgan Qays o‘tga talpinadi: 0 ‘t ko'rsaki m ayl etib nihoniy, Ishq o‘ti tasavvur aylab oni. Uni 4-5 yoshlarida Layli qabilasiga o‘qishga beradilar. Qays maktabda tez saboq chiqaradi, qisqa fursat ichida barcha ilmlarni o'zlashtiradi va saboqdoshlarini hayratga soladi (Bu o'rinda Navoiy Alloh o‘zining xos bandalariga alohida iste’dod berishiga ishora qilyapti). Qays saboq olib yurgan bu paytda Layli betobligi 123 uchun maktabga qatnamayotgan bo‘ladi. Tuzalganidan so‘ng ustozi benihoya shodlanganidan barcha shogirdlarini o‘qishdan ozod qiladi. Layli saboqdoshlarini gulshan sayriga taklif qiladi, ular bilan birga Qays ham bog' sayriga chiqadi. Qays Laylini , ко‘rib hushini yo‘qotadi. Navoiy bu o‘rinda Laylining husni gulzorni charog‘on qilib yubordi va gulzordagi bir nihol (Qays) ni xazon etdi deb yozadi:


Shod o'ldi jam olidin dabiston,
Andoqki bahordin guliston.
Lekin bu bahori zindagoniy,
Bir naxlni ayladi xazoniy.
Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, guliston darveshning ruhiyati, uni Haq ishqi egallab oladi va u betoqatlanib, hushini yo‘qotadi. Shu tarzda majzubi solik (Haqdan jazba yetgan, ustozi ham, piri ham Ishq bo‘lgan, maqomlarni egallamasdan turib, hoi martabasiga erishgan oshiq)ning sarguzashtlari boshlanadi. Qays shu tariqa Laylini har ko‘rganida hushidan ketadi. Xalq orasida “Majnun” laqabi bilan ovoza bo‘ladi:
“Layli, Layli!” - debon chekib un,
El deb: “M ajnundur, ushbu m ajnun!”
Navoiyning ishq haqidagi tushunchasi insonning ilohiy fayzdan bahramandligi bilan bog‘liq e’tiqodga asoslangan, ya’ni haqiqiy muhabbat faqat pokiza insonlar qalbidan joy olishi mumkin. Majnunning ishqi bu borada eng oliy namuna, chunki u butun qalbi va jon-u dili bilan Allohni sevadi, shu sababli u mehr-muruwati, yuksak axloqi va beqiyos iste’dodi bilan eng go‘zal insondir. Shuningdek, Navoiyning fikricha, pok insoniy muhabbat va ilohiy ishqni bir-biriga zid qo'yish to‘g‘ri emas, chunki ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, biri ikkinchisidan о‘sib chiqadigan hodisa. Majnunning ota-onasi uni Layliga uylantirish bilan dardiga chora topmoqchi bo‘ladilar va Layli qabilasiga sovchi yuboradilar. Navoiy shu o‘rinda haqiqiy ishqdan bexabar kishilar “ishq uylanish, oila qurish bilan yakuniga yetadi” degan tushuncha asosida yashashlariga ishora qiladi, ya’ni Majnunning ota-onasi va jamiyat ahli ishq deganda Navoiy “Mahbub ul-qulub”da keltirgan ishqning quyi darajasi, ya’ ni avom ishqinigina anglaydilar. Majnunning ota-onasi uni Layliga uylantirish uchun sovchi yuboradilar. Lekin Laylining otasi qizini aql-hushdan begona bir “devona”ga berishdan or qiladi va Majnunning Layli qabilasiga kelishini taqiqlab qo‘yadi. Majnunning otasi qabiladoshlari bilan maslahatlashib, Qaysni zanjirband qiladi. Lekin ishq otashi ta’siridan zanjir uzilib, Majnun uyidan chiqib ketadi. U bedard qabiladoshlarini ham, yaqinlarini ham, umuman, jamiyatni unutish darajasiga boradi, zero, bu holat haqiqiy oshiq uchun xos xususiyatdir: O 'z oti-yu qavm-u xayli oti Y o ‘q yodida, g ‘ayri Layli oti. Tasawufda bu holat “tafrid” (yolg‘izlanish) deb ataladi. Oshiq shunday bir hoi martabasini egallaydiki, yaqinlaridan, umuman, insonlardan bezor bo'ladi; yakkalikni, yolg'izlikni qo‘msaydi. Yolg‘izlanish dilning Haqqa yuzlanishi uchun imkon yaratadi. Qaysning otasi o‘g‘lining dardiga shifo bo‘ladi, degan umidda haj munosabati bilan Ka’ba ziyoratiga olib boradi (20-bob). Qarindoshlar ham Qays Ka’bani tavof etsa, ahvoli yaxshilanadi, deb umid qiladilar. Lekin Majnun Allohga munojot qilib, Layli ishqini ko'ngliga mustahkamroq jo etishini so'raydi. Mazkur lavha dostonning eng ta’sirchan o'rinlaridan biri bo‘lib, qirq uch baytdan iborat. Bu o‘ziga xos “munojotnoma”da yigirma to‘rt o'rinda “ishq” so‘zidan foydalanilgan. Bu tasodifiy emas, albatta. Navoiy ushbu so‘zni turli poetik unsurlar va ritmik vositalar bilan uyg'unlikda qo'llab, ritmik ohangning turU-tuman jilvalanishlariga erishadi. Dastlab ishq o‘ti bilan jahonni yondirgan “hakimi dono”ga sokin murojaat bilan boshlangan mazkur munojot asta-sekin tantanavor ohang kasb eta boradi va bunda “ishq” so‘ zining ritmik zarb (mantiqiy urg'u asosiga qurilgan, ijodkor aytmoqchi bo‘lgan fikr yoki ifodalamoqchi bo‘lgan kuchli his-tuyg‘uni o‘ zida aks ettiruvchi ritmik birlik) darajasiga ko‘tarilganligi muhim omil bo'lib xizmat qiladi: Chek aynim a ishq to'tiyosin. Ur qalbima ishq kimiuosin! Majnun o‘z munojotida ishqni shu tariqa ulug‘ lar ekan, undan ishq va
Laylini unutishni so'ragan kishilarga nisbatan achinish hislarini namoyon qiladi va hatto Tangridan ularni afv etishini so‘raydi: t Alloh-Alloh, bu ne so‘z o'lg'ay, Ul qavm g'a Tengri uzr qo‘lg‘ay. “Tasavvuf” kitobida keltirilishicha, Ka’ba ziyorati lavhasi tasavvuf ahlining har qanday suratlar, timsollarga sig‘inishni inkor etishlariga ishoradir. Ya’ni Ilohning o'ziga oshiq bo‘lgan, faqat Uni deb yongan kishiga bu ishlar ortiqchadir. Majnunning otasi o‘g‘lini uyga qaytarib olib keladi va u yana sahroga chiqib ketadi. Sahroda u ovga chiqqan lashkarboshi Navfalni ko‘rib qoladi. Navfal ham bir vaqtlar ishq dardiga uchragani uchun Majnunning qalbini tushunadi, unga rahmi keladi: N avfal dag‘i ishq ko'rgan erdi, G ‘am dashti aro yugurgan erdi. Navfal ishq dardidan xabardor bo‘lsa-da, lekin Majnun darajasiga ko‘tarila olmagan, uning sulukdagi maqomi ma’lum bir bosqichga yetgandan keyin to‘xtab qolgan. Shu sababli u Majnunni Layliga uylantirish bilan uning dardiga malham topish mumkin, deb o‘ylayli va Layliga sovchi yuboradi. Lekin Laylining otasi rozi bo‘lmagach, urush ochadi. Laylining otasi urushda yengilishini sezib, qizini o‘ldirishga qasd qiladi. Bu holat Majnunga tush orqali ayon bo'lgach, Navfaldan urushni „to‘xtashini so‘raydi. Navfal Majnun uchun yana bir chora vositasi sifatida o‘z qizini unga berishga qaror qiladi. Laylini esa Bani Asad qabilasining boshlig‘i Ibn Salomga unashtiradilar. Navfalning qizi boshqa insonni sevishini aytib, Majnunga aka-singil bo‘lishni taklif qiladi. Ibn Salomning esa quyonchiq (tutqanoq) kasali qo‘zg‘ab, behush yiqiladi. Layli va Majnun ishq dashtida uchrashadilar. Navoiy bu uchrashuvni chuqur hayajon bilan tasvirlaydi. Ular bir-birining vasliga yetishgan damlarda butun borliq ularga madad ko'rsatadi, osmon jismlari ham, yerdagi barcha tirik mavjudot sukutga cho'madi, oshiq-ma’shuqlarga xayrixohlik qiladi. Layli va Majnun ruhan birlashadilar, ikkilik о‘mini birlik - tavhid egallaydi. Navoiy ularning vasli poklikdan ayri bo'lmaganligini aytadi. Shoirning fikricha, ishq ahli ulardek pok bo'lar ekan, ularga abadiy vasl muyassar bo‘Isa, ne ajab, zero, nafs maqsadida oshiq bo‘lganlar uchun oshiqlik haromdir:
Ishq ahli bu nav’ bo'lsalar pok,
Gar vasl muabbad o‘lsa ne bok?
Oshiqki murodi kom bo'lg'ay,
Oshiqlik anga harom bo'lg'ay.
Dostondagi eng ta’sirchan boblardan yana biri bu Majnun ota-onasining o‘limi haqidagi bobdir (33-bob). Majnunning dardiga chora topa olmagan ota-ona farzandining g ‘am-u alamida kuyib, birin-ketin dunyodan ko‘z yumadilar. Majnun bu holdan tush orqali xabar topadi: tushida bolalarini inlariga qaytarmoqchi bo‘lgan ikki kaptar burgutga yem bo'ladilar. Bobda ota-onasidan ajralgan Majnunning iztiroblari, g'am-alamlari chuqur hissiyot bilan tasvirlangan. Ayniqsa, uning onasi qabri ustida tortgan afg'oni yuksak pafos bilan yo‘g‘rilganligini ko‘rish mumkin:
Sen Ka’ba mangavu men tilab dayr,
Tavfing sori hech qilmayin sayr.
Solib sanga iztirob har dam,
Ka’bamni qilib xarob har dam
Ka’bam bo'lmish m ening xarobim,
Tengriga ne bo4g‘usi javobim ?!
Majnunning ota-onasi vafot etganini eshitgan Layli yorining ham firoq alamidan, ham ota-ona motamidan iztirobga tushayotganini o'ylab, chuqur g'amga botadi. Majnun ota-onasining g‘amidan azobda bo‘lsa, menga ham bu g ‘am, ham uning g‘ ami ikki hissa azobliroqdir, deydi: Anga ato-anoning g ‘amidur, Ham bu manga, ham aning g'amidur. Laylining ruhiy ahvoli o‘zgara boshlaydi, uning tanasida kuchli harorat paydo bo'ladi. Tabiblar bu hoi oldida ojiz qoladilar. Layli bu dunyodan ketish fursati yaqinlashganini sezib, onasiga Majnun kelsa, uni huzuriga kiritishlarini vasiyat qiladi. Majnun Laylining bu dunyodan ketayotganini ilohiy bir kuch bilan sezib, uning qabilasi tomon keladi. Shu tariqa umr bo‘yi bir-birining ishqida kuygan, visoliga intilganlar Ruhi mutlaq tomon ravona bi'ladilar. Doston Xotimasi uch bob (36 - 38)ni o‘ z ichiga oladi. 36- 127 bob “Ishq ta’rifi”ga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda Navoiy ishqni kimyoga va olamni ko‘rsatuvchi ko‘zguga o‘xshatadi: E y , ishq, g ‘arib kim iyosen, Bal oyinayi jahonnamosen. Qadimda kimyogarlar mis va boshqa ma’danlarni yuqori harorat ta’sirida oltinga aylantirish mumkin deb hisoblaganlar. Navoiy b u o'rinda shu afsonaga ishora qilib, odam aslida tuproqdan yaralgan, ammo ishq olovining “kimyo”ligi uni oltinga aylantiradi, ya’ni ishq inson vujudini turli xil chiqindilar: jismoniy talablar va nafsoniy istaklardan poklaydigan otashdir, degan fikrni keltiradi: Chun xolis-u pok-u beg1 ash o‘ldi, Oltin neki kim iyovash o ‘ldi. Poklanish, ya’ni “kimyo”lanish ishqi majoziy bo‘lib, undan “oltin”ga aylanib chiqqan oshiq endi o‘ zligidan qutuladi va qayoqqa qarasa, haqiqiy Yor(Haq)ni ko'radi: Chun boqqali ixtiyor topti, H a r soriki boqti yor topti. H a m naqshi vujudin etti foniy, H a m topti baqoyi jovidoni. Bu esa qalbning ko‘zguga, ya’ni “oyinai jahonnamo”ga aylanishi, boshqacha aytganda, ishqi haqiqiyga molik bo‘lishdir. Dostonning 37-bobi Sulton Husayn Boyqaro akasining o‘g‘li shahzoda Sulton Uvays bahodir madhiga bag‘ishlangan. Navoiy shahzodani ta’rif-u tavsif qilish asnosida g'oyat ustalik bilan unga shariat, adl-u himmat bobida nasihatlar ham qiladi va zamona sultoni Husayn Boyqaroni unga ibrat qilib ko‘rsatadi. Dostonning so‘nggi bobi “dard navhasi” (yig‘isi)ning yakuni haqida bo‘lib, shoir bunda dostonni tugallagani uchun Allohga shukrona keltiradi. Navoiyning doston mohiyati haqida aytgan eng muhim fikrlari aynan shu bobda tajassum topgan:
So'gin nechakim uzottim oxir,
Y ig‘lay-yig‘lay tugattim oxir...
Yozm oqta bu ishqi jovidona,
Maqsudum emas edi fasona.
Mazm unig'a bo'ldi ruh mayli,
Afson aedi aning tufayli...
M e n turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim , shuhrati chun jahong'a to‘lg‘ay,
Turk eliga dog'i bahra bo‘lg‘ay...
“Layli va Majnun” dostonidan kelib chiqadigan xulosa shuki, bu dunyoda yashovchi har bir inson oshiqlik yo‘lini tutib, o‘zini o‘limga emas, balki vasl mayini ichishga tayyorlashi kerak, zero, bu dunyoning birdan-bir mazmuni ham shu. Ruhi mutlaqni tasawur qilishda inson aqli va ongi ojizlik qiladi, shu sababli Navoiy uni mazhar - Layli timsolida yaratadi. Dostonda har bir timsol yuksak mahorat bilan ishlangan bo‘ lib, Navoiy har bir obrazga, har bir detalga muayyan badiiy ijtimoiy “vazifa” yuklaganligini ко‘rish mumkin. Dostonning 14-bobida tasvirlangan it obrazi bu jihatdan alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, it sadoqat, vafodorlik ramzi sanaladi. Dostonda Majnun o ‘z sadoqati, vafosidan ko‘ra itning sadoqatini ustun qo‘yadi, chunki it Majnunga qaraganda Layliga ancha yaqin turadi. U ham Majnun kabi oshiq, yorining oyog'i ostida yotib o‘z vafodorligini, sadoqatini namoyon qiladi. Buning fahmiga yetgan Majnun o‘z dardini to‘kib soladi: Sen mendin o‘lub vafoda afzun, H a m sidqda, ham safoda afzun. Bu o‘rinda Navoiy Majnunning o‘zini oshiq sanab, it darajasiga ham ko'tarila olmaganidan qattiq iztirobda ekanligini bayon qiladi. It Laylini ko‘rganda Majnun singari hushini yo'qotmaydi, uning oyoqlariga suykalib, erkalanadi - itning bardoshi kuchli, bu esa Majnunning yeta olmas armoni. Doston kompozitsiyasida bosh qahramonlar - Layli va Majnunning bir-birlariga yozgan maktublari ham muhim o‘rin tutadi. Maktub ko‘ngi^arni bog‘laydigan vosita bo‘lib, u vasldan xabar beradi, oshiq-ma’shuqlarni umidlantiradi.
Shoir Laylining maktubida nido san’atidan foydalanib, yorning o‘z oshig'iga murojaati orqali ma’shuqaning qalb izhorlarini, his-tuyg‘ula129 rini ifodalasa, Majnunning Layliga yozgan maktubida vafo va sadoqatdan so‘zlovchi oshiq kechinmalari qalamga olinadi. Ushbu maktublar dostonning umumiy poetik qonun-qoidalari (vazn, qofiyalanish tizimi)ga moslashtirilgan noma janrining betakror namunalaridir. Dostonning badiiy jihatdan yuksak chiqishini ta’minlagan vositalardan yana biri unda tabiat tasvirining alohida o‘rin egallashidir. Navoiy tabiat fasllaridan umumiy ramziy fon sifatida foydalanib, ulardagi o‘zgarishlarni qahramonlar kayfiyati va ruhiyatiga hamohang tarzda tasvirlaydi. Qahramonlar shodlangan paytda, ularni o‘rab turgan tabiat ham yashnab turadi, ular qayg‘uga tushganda go‘yo borliq ham xo‘rsinib nafas olayotgandek bo'ladi. Masalan, Majnun gulshanda hushsiz yotgan paytda butun tabiat uning boshiga tushgan og‘ir savdoga “hamdarlik bildiradi” : gul o‘z yoqasini chok etadi, lola ko‘ksiga qora dog‘ soladi, sunbul o‘z qiyofasini qora rangga bo‘yaydi va boshqalar. Doston voqealarining bahor faslida boshlanib, kuz faslida yakunlanishida ham muayyan ramziy ifoda bor. Doston hazaj bahrining hazaji musaddasi axrabi maqbuzi m ahzuf (ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoilun fauvlun,---- V | V - V - | V ---- ) vaznida yozilgan. Dostonda mazkur vazn bilan birga qo‘shimcha tarzda hazaji musaddasi axram i ashtari m ahzuf (ruknlari va taqti’i: maf’ulun foilun fauvlun,------- | - V - | V — ) vaznining ham qo‘llanilganligini kuzatish mumkin. Bu holat tasodifiy bo‘lmay, doston mazmuni va g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq. Dostondagi 3623 baytdan 240 misra aynan mana shu o‘lchovda yaratilgan bo‘lib, dostondagi ziddiyatli voqealar, asar qahramonlarining chuqur ruhiy iztiroblari tasviri, qahramonlar ruhiyatining tabiat tasviri bilan bog'liq bayoni, qahramonlar hayrati aks etgan misralar - lirik chekinish paytida mazkur vaznga murojaat qilinganligini ko'rish mumkin.


Yüklə 84,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin