“Layli va Majnun ”- pok va yuksak muhabbat ifodasi


II-BOB 2.2 “Xamsa” vaznlari va turkiy epik she’riyat



Yüklə 84,18 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2023
ölçüsü84,18 Kb.
#187824
1   2   3   4
II-BOB
2.2 “Xamsa” vaznlari va turkiy epik she’riyat.
Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi dostonlar vaznini o‘rganish shoir badiiy mahoratining yana bir muhim qirrasi haqida tasawur hosil qilishga yordam beradi. Zero, dostonlarda vazn va u orqali ritm obraz yaratishning asosiy vositalaridan bo'lib, muallif g‘oyaviy niyati, qahramonlar ruhiyati, voqealar rivoji va umuman badiiy asar mazmuniga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Sharqshunos olim N.Konrad Navoiy “Xamsa”si haqida gapirar ekan, ritmlardagi har xillik jihatidan bu besh dostonni musiqa ilmidagi pentatonikaga o‘xshatgan edi. “Biri - haqiqiy major, ikkinchisi - haqiqiy minor; uchinchisi - majorga “yaqinlashayotgan” , to'rtinchisi - “minorga yaqinlashayotgan” va nihoyat beshinchi doston major va minorning ajralmas birligidir” . Garchi Navoiy “Xamsa”si forsigo'y salaflari Nizomiy va Dehlaviy dostonlariga nazira tarzida vujudga kelgan bo‘lsa-da, Navoiy o‘z “Xamsa”si misolida an’anaviy shakl doirasida ham yangi fikr ayta olish imkoniyatini, belgilab berilgan shakllarni jilvalantirish usullari mavjudligini ko‘rsatib berdi. Xususan, “Xamsa” dostonlari uchun avvaldan qat’iy belgilab qo'yilgan she’riy o‘lchovlarning vazn xususiyatlaridan foydalanib, o‘z g‘oyaviy niyatini amalga oshirdi. Dastawal, “Xamsa” vaznlarining turkiy epik she’riyatda qo‘llanilish ko‘lamiga va Navoiyning bu sohadagi novatorligi bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratsak. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayrat ulabror” Nizomiy dostoni singari sari’ bahrining sariyi musaddasi matviyi makshuf vazni (afoyili va taqti’i: muftailun muftailun 388 foilun, - W - / - W - / —V -) da yaratilgan. 0 ‘zbek adabiyotida Navoiygacha bu vazn Durbekka nisbat beriladigan “Yusuf va Zulayxo” , Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” (“Gulshan ul-asror”)i va Sayyid Qosimiy dostonlarida qo'llanilgan edi. So‘nggi ikki muallifning dostonlari Nizomiy “Maxzan ul-asror”iga bevosita javob bo'lganligi uchun ushbu dostonlarda mazkur she’riy o'lchov qo‘llanilgan. Sayyid Qosimiyning “Gulshani roz” dostoni garchi Nizomiy dostoniga javoban yozilmagan bo‘lsa-da, mazmuniga ko‘ra pandnoma ruhidagi doston bo‘lganligi uchun unda aynan shu mavzudagi dostonlar uchun mo‘ljallangan sari’ bahridan foydalanilgan. A.Rustamov sari’ bahri pand-nasihat ohangiga ega bo‘lgan bahr bo‘lganligi uchun “Xamsa”larning birinchi dostoni shu she’riy o‘lchovda yaratilgan, degan fikrni bildiradi. Haqiqatan ham, sari’ bahri epik poeziya vaznlari orasida eng yengil va o‘ynoqi ohangga ega bo‘lgan vazn hisoblanadi.
Pand-nasihat ruhidagi fikrlarning kitobxon tomonidan malol kelmaydigan darajada qabul qilinishiga erishish uchun aynan shunday ohangdagi she’riy o'lchov zarur edi. Har ikkala holatda ham dostonlar uchun tanlangan she’riy o'lchov asar mavzusiga mutanosib ekanligini ko‘rish mumkin. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Shirin” 1484- yilda yozib tugallanadi. Unda an’anaviy hazaji musaddasi mahzuf (afoyili va taqti’i: mafoiylun mafoiylun fauvlun, V-------/V ------- /V ---- ) vazni qo‘llanilgan. 0 ‘zbek epik poeziyasida mazkur vaznning ilk bor istifoda etilishi Xoraztniy nomi bilan bog'liq. Uning 1353-1354-yillarda yaratilgan “Muhabbatnoma” dostoni shu vaznda yaratilgan edi. Alisher Navoiy o'zining “Mezon ul-avzon” asarida turk xalqida “Muhabbatnoma” deb atalgan qo‘shiq borligini va mazkur qo‘shiqning o'lchovi biz yuqorida tilga olgan vazn bilan mutanosib kelishini ta’kidlaydi: “Va yana turk ulusida bir suruddurkim, ani “muhabbatnoma” derlar, ul hazaji musaddasi maqsur bahridadur va xolo matruqdur, budur (bayt) : Meni og'zing uchun shay do qilib sen, Manga yo‘q qayg‘uni paydo qilibsen”. Xorazmiydan keyin bu vazn turkiy adabiyotda ishqiy mavzudagi dostonlarning asosiy she’riy o'lchovi bo‘lib qoldi. Xususan, Amiriy “Dahnoma”si, Said Ahmad “Taashshuqnoma”- 389 si, Xo'jandiy “Latofatnoma”si, Sayfi Saroyining “Suhayl va Guldursun”i, Haydar Xorazmiy “Gul va Navro‘z”i, Sayyid Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Ilohiynoma” dostonlari shu vaznda yaratilgan edi. Ushbu dostonlardan Nizomiy “Xisrav va Shirin”iga javob tarzida yaratilgan turkiy doston Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni hisoblanadi. Navoiy mazkur dostonni yaratishda Nizomiy dostonidan ta’sirlangan holda turkiy adabiyotda o‘zigacha yaratilgan ishqiy dostonlardan ham muayyan darajada foydalandi. Navoiy “Xamsa”sidagi “Layli va Majnun” dostoni hazaj bahrining hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (afoyili va taqti’i: maf’ulu mafoilun fauvlun,---- V/V - V - / V ----- ) vaznida yaratilgan. 0 ‘zbek epik poeziyasida Navoiygacha Layli va Majnun muhabbati bilan bog‘liq mavzu ishlanmagan edi.
Navoiy bu mavzuni birinchilardan bo‘lib qalamga oldi va undagi she’riy o‘lchov - hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vaznini ham turkiy epik she’riyatda birinchi bo‘lib qo‘lladi. Ungacha biror turkiy doston mazkur vaznda yaratilmagan edi. Ma’lumki, beshlik tarkibidagi to'rtinchi doston “Sab’ ai sayyor” g‘oyaviy yo'nalishiga ko‘ra ishqiy-sarguzasht doston hisoblanadi. Navoiy bunday dostonlar uchun oldindan belgilab qo'yilgan xafifi musaddasi solimi-,maxbuni mahzuf (afoyili va taqti’i: foilotun mafoilun failun, - V — V - V - V V - ) vaznidan she’riy o‘lchov sifatida foydalanadi. Mazkur vazn ham turkiy epik she’riyatda Navoiygacha istifoda etilmagan edi. Alibek Rustamov “Sab’ai sayyor” dostoni qolgan dostonlarga nisbatan yengil ruhdagi doston bo‘lganligi uchun uning vazni ham asarga yengillik ohangi beruvchi xafif bahridadir deb hisoblaydi. Darhaqiqat, xafif bahri lug'aviy ma’nosiga (arabcha “yengil”) mos keluvchi ritmga ega. Bunga sabab sifatida bu she’riy o‘lchov tarkibida qisqa va cho'ziq bo‘g‘inlarning deyarli teng nisbatda ekanligini keltirish mumkin, ya’ni cho‘ziq bo‘g‘inlar soni 6 ta, qisqa bo‘g‘inlar esa 5 tani tashkil qiladi. Ba’zan esa bu nisbat (ritmik variatsiyalar qo'llanilgan paytda) aksincha ham bo'lishi mumkin (qisqa bo‘g‘inlar 6 ta, cho'ziq bo‘g‘inlar 5 ta).
Qisqa bo‘g‘inlarning vazn tarkibida ko‘proq qo‘llanilishi ohangning yengil va o'ynoqi bo‘lishiga olib keladi, buni “Hayrat ul-abror” dostonida qo‘llanilgan sari’ bahriga nisbatan ham aytish mumkin, bu she’riy o‘lchovda ham qisqa va cho‘ziq bo‘g‘inlar soni 390 orasida deyarli farq yo‘q, ya’ni qisqa bo‘g‘inlar soni 5 ta, cho‘ziq bo‘g‘inlar esa 6 tani tashkil qiladi. Fikrimizni yanada asoslash uchun “Farhod va Shirin”da qo'llanilgan hazaji mahzuf vaznidagi cho‘2iq va qisqa hijolar nisbatiga e’tibor qaratamiz: V -------/ V ------- /V - - Ko‘rinyaptiki, mazkur taqti’da qisqa bo‘g‘inlar soni 3 ta, cho‘ziq bo‘g‘inlar esa undan ancha ko‘p (8 ta) ekan. Aynan shu fikrni “Layli va Majnun” dostonida qo‘llanilgan she’riy o'lchov (— V/V - V -/V — )ga nisbatan ham aytish mumkin. Demak, vazn tarkibida qisqa bo‘g‘inlar sonining ko‘proq qo‘llanilishi ohangga yengillik va o‘ynoqilik bag‘ishlasa, cho‘ziq bo‘g‘inlar miqdorining yetakchilik qilishi natijasida esa sokin va vazmin ohang vujudga kelar ekan.
Navoiy beshligidagi so‘nggi doston “Saddi Iskandariy” Nizomiy “Iskandarnoma”si singari mutaqorib bahrida yaratilgan. Alisher Navoiygacha bu vazn Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”ida va Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” dostonlarida qo'llanilgan edi. Navoiy ushbu dostonlardan “Hibat ul-haqoyiq” dostoni bilan tanish bo‘lganligini “Nasoyim ul-muhabbat”da eslab o‘tadi. Demak, yuqoridagilardan ma’lum bo‘lyaptiki, Alisher Navoiy “Xamsa”si dostonlarida qo‘llanilgan she’riy o‘lchovlar uchun Nizomiy “Xamsa”si vaznlari asos bo'lgani holda turkiy epik she’riyatda Navoiygacha qo‘llanilgan vaznlar ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan, shu jihatdan Navoiyni ham xamsachilik an’anasiga munosabat bildirgan ijodkor sifatida, ham turkiy epik she’riyatning davomchisi sifatida o‘rganish mumkin. Endi “Xamsa” vaznlari va ular bilan bog'liq ritmik variatsiyalarga to‘xtalib o'tsak. “Xamsa” vaznlarini tarkibiy tuzilishiga ko‘ra shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: 1. Mustaqil vaznlar. 2. Ritmik variatsiyalarga ega bo'lgan vaznlar. Mustaqil vaznlarga sari’i musaddasi matviyi makshuf, hazaji musaddasi mahzuf, mutaqoribi musammani mahzuf vaznlarini kiritish mumkin. Mazkur vaznlar dostonlar tarkibida boshdan-oxirigacha bir xil tarzda takrorlanib boradi. Ular ritmik variatsiyalarga ega emas45. 15 Aslida bu fikr ham nisbiy. Yuqorida sanalgan ushbu uch vazn doston misralarida uchinchi ruknning so'nggi bo‘g‘ini o‘ta cho‘ziq bo‘g‘in bo‘lgan vazn bilan o'zaro almashinib qo'llanaveradi. Xususan, sari’i musaddasi matviyi 391 Ma’lumki, ritmik variatsiya bu bir vaznning ichki imkoniyatlar asosida yangi variantlarga ega bo'lishidir. Bunda bir cho'ziq bo‘g‘in ikki qisqa bo‘g‘in bilan almashishi yoki qisqa bo‘g‘inning о‘mini cho'ziq bo‘g‘in egallashi, misra oxiridagi cho‘ziq bo‘g‘in o‘ta cho'ziq bo‘g‘in bilan o‘rin almashinib qo‘llanaverishi mumkin.
Asarda uzun hijolarning ko‘proq bo‘lishi - voqeaning ulug'vorligini, harakatning salmoqdorligini ta’minlaydi; qisqa hijolarning ko4pligi esa harakatga tezlik, yengillik, o‘ynoqilik bag‘ishlaydi. “Xamsa” vaznlari orasida ritmik variatsiyalarga ega bo'lgan vaznlar sirasiga hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf va xafifi musaddasi solimi maxbuni mahzuf vaznlarini kiritish mumkin. Ularning har birini alohida ко‘rib chiqamiz. Dastlab hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vazni haqida46.
A.Hojiahmedov ushbu vazn tarkibidagi o'zgarishlarni “ ... aruz ilmiga xos bir qonun - ikki qisqa hijoning bir cho‘ziq hijo bilan almashtirilishi mumkinligi asosida ro‘y bergan” deb hisoblaydi. Darhaqiqat, aruzda va umuman, metrik she’r tuzilishiga asoslangan sistemalarda ikki qisqa bo‘g‘in bir cho'ziq bo‘g‘inga teng hisoblanadi va misralarda ularning о‘mini almashtirib qo‘llash holatlari uchrab turadi.


Yüklə 84,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin