talablarga lazer texnologiyasi javob beradi.
Haqiqatan ham bir-
biriga o‘xshamagan fan sohalarida lazerlardan muvaffaqiyatli
foydalanilmoqda, jumladan, ular optik aloqa, qishloq xo‘jaligida,
jarayonlarni nazorat qilish, radikallar kimyosi,
golografiya,
tibbiyot, izotoplarni ajratish, integral sxemalami tayyorlash hamda
sanoatda payvandlash va hokazolardir. Mazkur sohalar o ‘z
navbatida lazerlarga taalluqli ilmiy tadqiqot ishlarini keskin
rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Kvant elektronikasi - hozirgi zamon fizikasini elektromagnit
toMqinlami majburiy nurlanish vositasida yuzaga keltirish (genera-
tsiyalash) hamda ularni kuchaytirish usullarini o ‘rganuvchi muhirn
qismi hisoblanadi. Bunda optik kvant kuchaytirgichlar va gene-
ratorlaming xususiyatlari hamda ulaming turli maqsadlarda qo‘l-
lanilish vositalari o ‘rganiladi. Optik kvant generatorlar (OKG) -
lazerlaming, yuqori energiyaga ega bo‘lishi
lazer nurining ajoyib
xususiyatlari nomoyon bo‘lishi bilan bogMiqdir.
Kvant generatorlarining yorug‘lik nurlari chiqaruvchilari
optik kvant generator yoki
lazer nomini olgan.
Lazer so‘zi
inglizcha
“Light amplification by stimulated emission ofradiation ”
so‘zlarining bosh harflaridan tuzilgan qisqartirilgan nom bo‘lib
‘majburiy nurlanish vositasida yorugMik nurlanishini kuchaytirish,
degan ma’noni bildiradi.
Nemis fizik olimi A.Eynshteyn 1916-yili kvant tushunchalari
asosida yorug'likning yutilishi yoki
nurlanishi biror energetik
holatdan boshqa energetik holatga o‘tishda majburiy nurlanish
jarayoni boMishi mumkinligi to‘g‘risida o ‘zining fikrini aytib,
emperik formula tavsiya etadi. A. Eynshteyn taxminiga ko‘ra
atomning uyg‘ongan holatdan asosiy holatga o‘tishida nur
chiqarishi ikki usul bilan, o ‘z - o‘zidan va majburiy nurlanish
vositasida yuz berishi mumkin. YorugMik nurlari
uchun majburiy
nurlanish o ‘z - o ‘zidan nurlanishga nisbatan juda kuchsiz bo‘lgani
uchun uni asosiy nurlanishdan deyarli ajratib boMmaydi. Shuning
uchun majburiy nurlanish dastlab o ‘ta yuqori chastotali (
O'YUCH)
to‘lqinlar bilan tajriba olib borishda kuzatilgan.
1954-yiI
N.G.Basov, A.M.Proxorov va Ch.X.Tauns tomonidan molekular
kvant generator (mazer) yaratildi.
Mazer - yuqori yo‘nalganlikka
ega boigan o ‘zgarmas aniq chastotada quvvatli kogerent
elektromagnit nurlanish hosil qiluvchi qurilmadir. Mazerning
ishlashi
ammiak
molekulalarining
majburiy
nurlanishiga
asoslangan.
Bunda ammiak molekulalarining 24 Ggs chastotada
kogerent nurlanish xususiyatiga ega boMishi kuzatilgan. Optik
to‘qinlari oralig‘ida majburiy nurlanishni chiqaradigan mazerlami
-
lazerlar deyiladi. 1964-yili kvant elektronika sohasiga tegishli
fundamental tadqiqotlar uchun Rossiya olimlari N'.GJBasov va
A.M.Proxorov hamda amerikalik olim Ch.X.Tauns
Nobel
mukofotiga sazovor boMishgan. T.G.Meyman tomonidan amalda
birinchi marta lazer nuri olingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda, ham quw at
jihatidan, ham spektming ishchi sohasi bo‘yicha monoxromatik
lazerlar yaratildiki, ular mazkur fan sohasida bo‘layotgan ulkan
rivojlanishdan dalolat beradi. Lazerlar to‘g‘risida
gap borganda
ulaming murakkab tabiatini, ularni qo‘llanilish sohasi keng va rang
- barangligini e’tiborga olish zarur.
Mazkur qo‘llanmani yozishdan maqsad talabalami juda tez
rivojlanib borayotgan fan sohasi bo‘lmish lazerlaming nazariy
asoslari. turlari, qoilanilish sohalari bilan tanishtirishdir. Shu bilan
birga lazer texnologiyasi bilan tanishgan talabalarda shu fan
sohasining amaliyotga qo‘llashga ishtiyoq tug‘ilishi tabiiy.
Lazerlaming
yuqorida
aytganimizdek,
tibbiyotdan
tortib
texnikaning juda ko‘p sohalariga kirib borayotganligi uchun bu
sohadagi o‘quv qo‘llanma
akademik litseylar, kasb - hunar
kollejlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, katta ilmiy xodim -
izlanuvchilari. ilmiy xodimlar,
talabalar, o‘qituvchi!ar uchun
foydadan holi bo‘lmas degan umiddamiz.
5