Key words:Non-standard lesson, improvisation, detonation, lead azide, competence, military competence, military skills.
KIRISH Pedagogikada 1970-yillarning o‘rtalarida ta’lim oluvchilarda darslarga qiziqish darajasining keskin tushib ketayotganligi aniqlangan edi. Buning sababi dars o‘tish tuzilmasining eskiligi, bir xillik, ta’lim jarayonining yagona bichimga tushib qolganligi va joziba kasb etmayotganligida degan xulosaga kelingan. Shu tariqa pedagogikada ta’lim olishga qiziqtirish motivatsiyasi asosida “nostandart dars” tushunchasi paydo bo‘ldi.
Nostandart dars atamasi fanga I.P.Podlasiy tomonidan kiritilgan bo‘lib, olim ushbu dars turiga quyidagiccha ta’rif bergan:
Nostandart dars – iprovizatsiyalashgan noodatiy tuzilishga ega bo‘lgan o‘quv mashg‘uotidir [1,351].
Impovizatsiya – fransuzcha “improvisation” so‘zidan olingan bo‘lib, kutilmagan, to‘satdan degan ma’nolarni bildiradi [2, 541]. Demak, mazmunan nostandart dars kutilmagan pozitiv o‘qitish jarayonini o‘zida aks ettiruvchi o‘zgacha o‘quv mashg‘uloti hisoblanadi. Adabiyotlarda nostandart darsga nisbatan noan’anaviy, erkin, zamonaviy, innovatsion dars atamalari ham qo‘llaniladi, biroq bu darslar mazmun va maqsad jihatidan bir xildir.
XXI asr information-raqamli texnologiyalar asri sifatida, ilm-fan yutuqlari va keskin rivojlanish sur’atlarini namoyon etayotganligi sababli ham ta’limda nostandart darslarga bo‘lgan ehtiyojning oshib borishiga olib kelmoqda. XXI asr uchun nostandart dars atrofini maksimal darajadagi axborot oqimi, informatsion texnologiyalar va kosmik a’loqa vositalari o‘rab turgan ta’lim oluvchi diqqatini fanga qaratish vositasi sifatida xizmat qilishi lozim. Afsuski, nostandart darsning turlari, sifatlari va xususiyatlari xususida ta’lim nazariyasida hali yagona fikr ilgari surilmagan bo‘lib, nostandart dars fenomenining nazariyasi va amaliyoti ilmiy jihatdan tahlilga muhtoj.
ADABIYOTLAR TAHLILI: V.A.Onishchukning fikriga ko‘ra: “So‘nggi yuz yil ichida maktablar amaliyotida kuzatilgani kabi nostandart darslar o‘qitishning asosiy shakllarini qo‘llash va yaratishda an’anaviy darsdan ajratilmoqda [3,164].
L.N. Sokolovaning fikricha nostandart dars - ko‘p sonli faoliyat turlariga va axborot manbaalariga ega, qolipga solinmagan, muammoli vaziyatni aks ettiruvchi, nozik tuzilishga ega mashg‘ulotdir [4, 110].
Nostandart dars o‘zgacha noodatiylik bilan bir qatorda chuqur ilmiy izchillikga ega bo‘lishi lozim. Kimyo darslarida yangi mavzuni taqdim etishning o‘z algoritmi mavjud bo‘lib kimyo fanidan berilayotgan noodatiy dars ana shu algoritmga mos kelishi shart. Ushbu algortimni sodda holatda oddiydan murakkabga tomon borish ya’ni: atom, molekula, moddalar va ularning turlari, reaksiyalar va hakazo ketma-ketlikda misol keltirish mumkin.
Dars o‘qituvchining umumiy va pedagogik madaniyatining ko‘zgusi, uning aqliy boyligi mezoni, dunyoqarashi, bilimdonligi ko‘rsatkichi hisoblanadi (V.Suxomlinskiy). Nostandart darslarni tashkil eta olish pedagogdan bilim, kreativlik, pedagogik mahorat va vaqt talab etadi. Nostandart darslar qator afzalliklarga ega bo‘lib bu afzalliklar nostandart darslarni ta’limda keng qo‘llash zaruratini yana oshiradi.(1-rasm)