Leksemalaning ma'noviy


Yordamchi so'zlarning "oraliq uchinchi" tabiatiga



Yüklə 141,5 Kb.
səhifə2/10
tarix25.09.2022
ölçüsü141,5 Kb.
#64115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yordamchi so’zlar va ularning turlari

Yordamchi so'zlarning "oraliq uchinchi" tabiatiga egaligi. Tilshunoslikda yordamchi so'zlarning leksemalar va qo'shimchalar orasida "oraliq uchinchi" bo'lib, ham leksemalar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o'zida mujassamlash-tirishi aniqlangan. Ular shaklan leksema, mazmunan qo'shimchadir ( qiyos: Kitobni akamga/akam uchun oldim.) Shu tufayli bo'lsa kerak, til tizimida yordamchi so'zlaming o'rm turlicha baholanadi - ayrim olimlar ulami qo'shimchalarga, ayrimlari nutq bo'lakchalariga, ba'zilarini yordamchi so'zlarga nisbat beradilar. Yordamchi so'zlaming so'zmi, qo'shimchami yoki mustaqil so'zlaming yordamchi so'zlar bilan bog'lanishi so'z birikmasimi ekanligi hanuzgacha munozara mavzui bo'lib qolmoqda. Chunki yordamchi so'zlar guruhi ichida shunday birliklar borki, ular ham "ma'noviy mustaqillik", ham "ma'noviy nomustaqillik" xususiya-tiga ega (ot+ko'makchilar, yordamchi va ko'makchi fe'llar). Chunonchi, "tortib" mustaqil so'z sifatida ravishdosh kabi qo'lla-niladi: Baliq qarmoqni bir tortib, qochib ketdi. Shu so'z Farhod tog 'idan tortib Shirin yayloviga qadar Sirdaiyo bo 'ylab tizilib ketgan etmish ming xalq bn sovuqlarni pisand qilmaydi (Oyd.) gapida yordamchi so'z vazifasida kelgan. Tortib mustaqil va yordamchi ma'nolarga ega bo'lishiga qaramay, mustaqil lekse­malar tipiga kiradi. Uchun, sayin, uzra, kabi, va ga o'xshagan yordamchi so'zlar aniq bir tushunchani ifodalay olmaydi, ammo turli munosabatlarni yuzaga chiqarib va ular yordamchi so'zlar guruhidan joy oladi. Yuqoridagilardan anglashiladiki, "alohida qo'llanila olish yordamchi leksemalami mustaqil leksemalar bilan yaqinlashtirsa, turli-tuman munosabatlarni ifodalash kabi uraum-lashgan ma'no ulami morfemalarga, qo'shimchalarga yaqinlash-tiradi va leksemalar va rnorfemalar ziddiyatida "oraliq uchinchi" vazifasida keladi.
Yordamchilarni so'zlarga quyidagilar yaqinlashtiradi: a) shaklan alohida ajralib turish; b)lug'aviy ma'noning mavjudligi (sifat ko'makchilar, ot ko'makchilar, fe'l ko'makchilarda...); v)ko'pincha ulaming mustaqil so'zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi. Yordamchi so'zlaming grammatik morfemalarga o'xshash tomoni ulaming morfemalar kabi mustaqil nominativ funksiya bajarmasligi (ammo, va, sayin, kabi), qo'shimchasimon shaklda bo'lishi (-u, -yu, -da; -ki (-кип); -dek (-day), -cha) va boshqalar. Biroq yordamchi so'zlaming grammatik morfemalardan farqli tomoni shundaki:
1) ular gap bo'lagi, so'z birikmasi, gap sathida sintaktik xarakterdagi vazifa bajaradi. Bu xususiyat ko'makchilar uchun xos Chunonchi, 1. Yaxshi bilan yursang etarsan murodga, YOmon bilan yursang qolarsan uyatga (Maq.) 2. To 'Iqinlarning kuchli na'rasi, Yulduzlarga qadar etardi. (Uyg'.)
2) gap bo'laklari yoki gaplami o'zaro bog'laydi. Bunday
funksiyada, asosan, bog'lovchilar va yuklamalar keladi:
1. Xonaga baland bo 'yli, biroq oriqqina yigit salom berib kirdi. (S.A)
l.Saida bu gapni aytdi-yu, chiqib ketdi. (S.Ahm.)
3) so'roq, inkor va sh.k. gap ma'nolarini ifodalashga
xizmat qiladi (yuklamalar).
Yordamchi so'zlar mustaqil so'zlar va so'z-gaplar oralig'i-da «oraliq uchinchi» maqomini oladi. O'z navbatida, yordamchi so'zlar ham o'z ichida umumiy belgilariga ko'ra oraliq uchinchini ajratib chiqaradi. Ya'ni bog'lovchilarda bog'lash, yuklamalarda gap mundarijasiga ta'sir qilish mohiyatni belgilash darajasida bo'lsa, ko'makchilarda sanalgan har ikki belgi mushtarakdir. Bu ularning «oraliq uchinchi»lik mavqeini ko'rsatadi.

Yüklə 141,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin