Leksemalaning ma'noviy



Yüklə 141,5 Kb.
səhifə1/10
tarix25.09.2022
ölçüsü141,5 Kb.
#64115
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yordamchi so’zlar va ularning turlari


Yordamchi so’zlar va ularning turlari

Reja:




1.Yordamchi so’zlarning til tizimidagi o’rni.
2. Yordamchi so’zlarning turlari.
3.Ko’makchi.
4.Bоg’lоvchi vа uning shakily ko’rinishlari.


Leksemalaning ma'noviy tasnifidagi "ma'noviy nomustaqillik" tushunchasi. Barchaga ma'lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo'linadi: mustaqil so'zlar va yordamchi so'zlar. Bular orasidagi zidlanishni ma'noviy va vazifaviy nomustaqillik tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko'ra yordamchi so'zlar belgili, mustaqil so'zlar esa belgisiz a'zo mav-qeini egallaydi. Yordamchi so'zlar hech qachon mustaqil qo'l-lanmaydi, bog'liq qurshovlardagina kela oladi. Mustaqil so'zlar esa mustaqil qo'llanilish va ma'no ifodalash qobiliyatiga egadir.
Leksemalaming ma'noviy tasnifida ilk bosqich belgisi "ma'noviy mustaqillik" emas, "ma'noviy nomustaqillik" bo'lishi-nmg sababi mustaqil leksemalaming bu belgiga nisbatan betaraf-ligidir. Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli otlar (Temir, Anor, Gavhar) guruhida, mavhum otlarda mustaqil ma'no-ning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so'zlarda "ma'noviy mustaqillik" belgisi shartlidir. Assimilyatsiya tilshunoslikda boshqacha, biologiyada esa tamoman o'zgacha talqin etiladi. Loy adabiy tilda boshqacha, otarchilar nutqida esa boshqacha izohlanadi. Shunga o'xshash hodisalami sifat, fe'l, ravishlar ichida ham ko'plab uchratish mumkin. Bularning barchasi "ma'noviy mustaqillik" belgisi mustaqil leksemalarda nisbiy tushuncha, nisbiy belgi ekanligini ko'rsatadi. Mana shuning uchun leksemalaming ma'noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi "ma'noviy mustaqillik" emas, balki "ma'noviy nomustaqillik" bo'la oladi. Ushbu belgi asosidagi ziddiyatda ko'makchi, bog'lovchi, yuklamalar kuchli (belgili) a'zoni tashkil etadi. Sof ko'makchi, sof bog'lovchi, sof yuklamalar hech qachon mustaqil ma'noli so'zlar xususiyatiga ega bo'la olmaganligi tufayli ularning guruhiga o'ta olmaydi.

Yüklə 141,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin