Leksemalarda ma'no ko'chishi va ularning turlari mundarija: Kirish i-bob. Ko‘p ma’nolilik hodisasining yuzaga kelish yo’llari


I-BOB. KO‘P MA’NOLILIK HODISASINING YUZAGA KELISH YO’LLARI



Yüklə 36,37 Kb.
səhifə2/6
tarix01.12.2023
ölçüsü36,37 Kb.
#170298
1   2   3   4   5   6
LEKSEMALARDA MA\'NO KO\'CHISHI VA ULARNING TURLARI

I-BOB. KO‘P MA’NOLILIK HODISASINING YUZAGA KELISH YO’LLARI
1.1. METONIMIYA ASOSIDA MA’NO KO‘CHISHI
Kengayish sodir bo'lgan ma'no ilgari qanday qo'llangan bo'lsa, keyin ham o'sha holatda qo'llanaveradi. Faqat o'sha ma'no anglatgan ob'ekt miqdori yoki hajmi ortadi.
So'zlarning yangi ma'no orttirishi hisobiga taraqqiy etishi ko'p ma'nolik uchun asos bo'ladi. So'zlarning yangi ma'no orttirishi faqat ko'chma ma'no hosil bo'lishi hisobiga emas, evfemizm va disfemizm hisobiga ham sodir bo'ladi. Bu ham tilshunoslikda qayd etilgan. Biroq evfemizm va disfemizm natijasida ko'chma ma'no hosil bo'lishini ko'p ma'nolikni yuzaga keltiruvchi hodisa sifatida ko'rsatilmagan. Buning ham o'z sababi bor. Chunonchi, evfemizm va disfemizm natijasida, ba'zi adabiyotlarda trop (okkazional ma'no)lar hosil bo'ladi, deyilsa, ba'zilarida uslubiy vositalar yuzaga keladi, deb ko'rsatiladi. Aslida esa bu fikrlarning har ikkisida ham bir narsani, ya'ni evfemizm ham, disfemizm okkazional ma'nolarni hosil qilishi nazarda tutilgan.
Okkazional ma'no esa polisemantik so'zlarni vujudga keltirmasligi tilshunoslikda asoslab berilgan.
Evfemizm va disfemizm natijasida hosil bo'lgan ma'nolarni faqat okkazional ma'nolar deb ko'rsatish ham uncha to'g'ri emas. Chunki o'zbek tilida evfemizm va disfemizm natijasida hosil bo'lgan shunday ma'nolar ham borki, ular leksik ma'nolar singari umumlashgan xususiyatga ega. Shuning uchun ham ular lingvistik lug'atlarda qayd etilgan. Masalan, O'zbek xotinlari andisha nuqtai nazaridan erlarini o'rtoq so'zi orqali ifoda etadilar. Demak, o'rtoq so'zi er evfemistik ma'nosiga ega. Mazkur o'rtoq so'zining evfemistik ma'nolarni leksik bo'lganligi uchun ham, ular lingvistik lug'atda qayd etilgan. Ko'rinib turibdiki, evfemizm natijasida ko'chma ma'no hosil bo'lishi ham ko'p ma'nolikning yuzaga kelishi uchun sabab bo'la olar ekan.
Disfemizm natijasida ham leksik ma'nolar hosil bo'ladi. U esa ko'p ma'nolilik hodisasi vujudga kelishi uchun muhim rol o'ynaydi. Disfemizmning polisemantik
so'zni vujudga keltirish qonuniyatlari esa evfemizm qonuniyatlari bilan bir xildir. Chunki ular tilning bir hodisasi bo'lib, shu hodisaning ikki qutbidir.
O'zbek tiliga oid materiallar shuni ko'rsatadiki, umuman so'z yasash, ya'ni affiksatsiya ham ko'p ma'noli so'z hosil bo'lishi, ya'ni polisemiyaning yuzaga kelishida muhim rol o'ynaydi.
Bir o'zakning o'zidan qo'shimcha bilan so'z yasash jarayonida polisemantik so'z ham, omonim ham vujudga kelishi mumkin. Ammo bu hodisa natijasida vujudga kelgan polisemantik so'z bilan omonim o'rtasida aniq chegara yo'q deb bo'lmaydi.
Polisemiya va omonimiya hodisalari tilning fonologiyadan tashqari, barcha sathdarida mavjud. Polisemiya yoki ko'p ma'nolilik tilning mazmun planiga (semantik jabhasiga) xos umumlisoniy hodisa sifatida qaraladi. Shunday ekan, polisemiya, morfemaga xosmi, lug'aviy birlikka xosmi, frazeologik iboranikimi, sintaktik konstruksiyalarnikimi -baribir uning nazariy masalalari bir xil bo'ladi. Polisemiya -bu semasiologik kategoriyadir.
Til birliklarining ko'p ma'noliligi aloqa jarayonida sanoqli til vositalari yordamida son-sanoqsiz mazmunlarni (ma'nolarni) ifodalashda insonlar uchun katta imkoniyat- yaratadi. Ko'p ma'nolilik tilga xos ijobiy hodisa bo'lib, u aloqa jarayonida insonlarga xalaqit bermaydi, balki yordam beradi.
Ko'p ma'noli so'zlar o'zbek tilida tilning quyidagi hodisasi natijasida vujudga keladi:
1. Ko'chma ma'no hosil bo'lishi natijasida;
2. Evfemizm va disfemizm natijasida;
3. Affiksatsiya natijasida.
So'zlarning ko'chma ma'nolari biror predmet, voqelik, belgi, harakat va holat kabilarning nomini yana shunday boshqa predmet, voqelik, belgi, harakat va holat kabilarga ko'chirish orqali hosil bo'ladi. Demak, biror nom egasi nomga ega bo'lmaganni (yoki boshqacha nomlash uchun) o'ziga nomdosh qilib oladi, natijada nomdosh bo'luvchi hisobiga ko'chma ma'no hosil bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, ko'chma ma'no hosil bo'lishida ikki ob'ektning o'zaro munosabati asosiy rol o'ynaydi. Mazkur ikki ob'ektning biri —nomdoshlovchi, ikkinchisi — nomdoshlanuvchidir. Nomdoshlovchi bilan nomdoshlanuvchi o'rtasidagi o'zaro munosabat esa turlicha xarakterga ega. Bu munosabatlarga qarab ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisalarni turlarga ajratish masalasi esa tilshunoslar tomonidan turlicha talqin qilinib kelgan.
Ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisalarni tasnif qilish masalasi tilshunoslar tomonidan turlicha talqin etilgan. Ularning ko'pchiligi, ba'zi o'rinlarda, asosan bir fikrga kelgan bo'lishsa ham, ba'zida fikrda umumiylik topa olmaganlar. Tilshunoslarning aksariyati ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisalar turlarining biri—metafora, ikkiichisi — metonimiya deb ko'rsatadilar, shuningdek, bu hodisalar mohiyatini bir xil tushunadilar. Ular metafora nomdoshlovchi bilan nomdoshlanuvchi o'rtasidagi belgi, xususiyat, harakat, holat, tus kabilarning o'xshashligi tufayli nom ko'chishi, metonimiya — nomdoshlovchi bilan nomdoshlanuvchi o'rtasidagi aloqadorlik tufayli nom ko'chishi deb bilishadi. Demak, hamma tilshunoslar tomonidan ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisalardan ikkitasi birday e'tirof etilgan. Ular metafora va metonimiyadir. Uchinchi hodisa sifatida qaralgan sinekdoxa esa ba'zi tilshunoslar tomonidan metonimiyaga qo'shib yuboriladi va uning bir turi sifatida qaraladi. M.Mirtojiev til hodisasi va nutq hodisasi bo'lgan metaforalar haqida fikr yuritib, nutq hodisasi bo'lgan metaforalarning uslubiy xususiyatga egaligini e'tirof etadi. B.Umurqulov metaforaning boshqa lingvistik vositalardan farqli ravishda ma'noni yashirin tarzda ifodalashi, narsa-hodisani xarakterlashda taqqoslash, chog'ishtirish kabi holatlarning mavjudligi bu vosita orqali takrorlanmas fikr ifodalash uchun sharoit yaratishini qayd etadi. Sh.Maxmaraimova metaforaning badiiy obrazlarning va yangi ma'nolarning hosil bo'lishidagi asosiy yo'l ekanligini, bir qator nutqiy vazifalarni bajarishini qayd etadi.
Metaforaning yuzaga kelishi quyidagi unsurlarni talab qiladi:
1. Ob'ektiv yoki sub'ektiv borliqdagi narsalar orasida (keng ma'noda) o'xshashlik.
2. Shu o'xshashlikning lisoniy aksi bo'lmish mutanosib semalar.
3. Narsalardan birining ba'zan, badiiy ifodasining nomi (ayni nutqiy sharoit uchun) yo'qligi.

Yüklə 36,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin