LEKSEMALARDA MA\'NO KO\'CHISHI VA ULARNING TURLARI
1.2. O‘zbek tilida ma’no ko'chish usullari: metafora, metanomiya, sinekdoxa, vazifadoshlik Bizga ko'chma ma'nodagi so'zlarni toping degan savollar, testlar abituriyentlik paytlarimizdan boshlab bizni qiynaydi. DTM testlarida ham bu kabi savollar kam emas, shuning uchun ham ko'chma ma'nodagi so'zlarni va ularning turlarini mustahkam qilib o'rganishimiz zarurdir.
1. METAFORA.
"Metafora - biror narsa yoki harakatni tushuntirish maqsadida ma'lum bir boshqa
obyekt xususiyatidan foydalanadigan adabiy tushuncha" - deb tariflaydi John Stephen.1
Keling o'rganadigan munosabatlarimiz qaysilar ekanini bilib olaylik:
1 Tashqi o'xshashlik munosabati.
2 Aloqadorlik munosabati.
3 Butun va qism munosabati.
4 Vazifadagi o'xshashlik munosabati.
Ma'no ko'chish usullari to'rt xil ular:
1 Metafora
2 Metonimiya
3 Sinekdoxa
4 Vazifadoshlik
Bular ma'no ko'chish usullarining ketma- ketligi. Bundan tashqari ma'no ko'chishining kinoya, tag ma'no degan turlari ham mavjud. Bular haqida esa to'rt xil usullari haqida ma'lumot berilgandan so'ng to'xtalib o'tamiz.
1. Metafora- metaphora "ko'chirma" demakdir. Predmet, narsa, hodisalarning tashqi o'xshashiligiga, shakliy,ichki belgilariga asoslanib ma'no ko'chishiga metafora deyiladi. Ko'proq tashqi o'xshashlikka metafora deyiladi. Metafora usulida nom ko'chishi narsa va hodisalar o'rtasida nisbiy o'xshashlikka ko'ra bo'ladi va ularning rangi, shakli, harakati ikkinchi shunday predmet belgisi bo'lgan nomini oladi. Bu usul bilan ma'no ko'chishi uchun umumiy belgi tushuncha saqlanadi. Misol uchun "qora niyyat" bunda qora so'zida ma'no ko'chishi kuzatilyapti. Qora qalam bo'lganda o'z ma'no bo'lardi, qora rang bilan ichidagi yomon niyyatni o'xshatganligi sababli metafora usulida ma'no ko'chyapti.
Xususan, Arastu bu atamani keng ma'noda qo'llagan. Faylasuf o'zining "Ritorika" asarida quyidagi fikrni ifodalaydi: "Metafora yuksak darajada aniqlik, yoqimlilik va oxorlilik jozibasiga ega, undan o'rinli foydalanish nutqni bezaydi" Metafora ko'proq quidagilarga:
1. Odam tana azolariga (qo'l, oyoq, yuz, lab, tish, yelka).
2. Kiyimlar va ularning biror qismiga (yoqa, etak).
3. Hayvon, parranda va hashorotlarning biror azosi (qanot, dum, tumshuq, shox).
4. O'simlik va uning qismi (ildiz, tomir).
5. Qurollar (nayza, pichoq).
Masalan: Tog'ning etagidagi uy. Uyimiz daryo yoqasida.
2. METONIMIYA.
Metanomiya "meta"-qayta, "anoma"-nom deganidir.
Predmet narsa va hpdisalarning bog'lanishidan birining nomini ikkinchisiga ko'chirish tufayli yuzaga keladigan ma'no ko'chishi metonimiya deyiladi. Bunday ma'no ko'chishiga tashqi va ichki o'xshashliklar hissobga olinmaydi balki, so'z ma'nolarining bir-biriga bog'liqligi hissobga olinadi. Shunga ko'ra quidagi munosabatlarga bo'linadi.
l.in munosabati (ko'za, piyola, samovar).
Masalan to'ldirib qo'y qadahlarni yangrasin gulyor (qo'shiq).
2. Joy tashkilot so'zidagi doimiy aloqaga ko'ra (shahar, tashkilot).
3. Muallif bilan asari orasidagi aloqa.
Masalan Navoiyni o'qidim.
4. Boshqa hodisalar bilan uzviy aloqa orasida kelishi mumkin.
5. Tasir sababi munosabati
Bolalar uyning qivonchi
6. O'zining mazmuni uchin qita
Bir chashka iching
7. Ramziy ma'noga ega bo'lgan belgi
Ular bayroqa sodiqlik qasamyod qildilar.
8. Hammasi uchun qism munosabati.
Jamoangizni to'rini himoya qiling.
9. Hammasi qism uchun.
Avtomobilni yuving.(korpusga murojat).
10. Siz foydalanadigan asbob.
Bu Parijdagi eng yaxshi chotka. (Rassomga murojat qilish).
Masalan o'n to'qqizga chiqasan bugun.
Metonimiya bilib olganingizdek aloqa yuzasidan ma'no ko'chish turi hissoblanadi. Bu ma'no ko'chish turini ham avvalgilardek avval ma'nosi ko'chgan so'zni topamiz so'ng u so'zni qanday ma'nosi ko'chganligini aniqlaymiz agar tashqi ko'rinishi o'xshash bo'lsa metafora, aloqa yuzasidan ma'no ko'chsa metonimiya bo'ladi.
3. SINEKDOXA.
Ma'no ko'chish usulining sinekdoxa turiga ham keldik. Sinekdoxa "sinekdohe" -birga anglamoq deganidir. Butun orqali qism, qism orqali butunni ifodalash asosida so'zlardagi ma'no ko'chish usuli sinekdoxa deyiladi. Masalan: "qo'limni kesib oldim" deganda qo'limni deb barmog'ini nazarda tutmoqda, barmoq qo'lning qismi bo'lganligi uchun ya'ni butun orqali qismni anglatmoqda, "tuyoqlarni ko'paytiramiz" bu gapda esa tuyoq deb hayvonlarni nazarda tutmoqda, tuyoq hayvonning qismi bo'lganligi uchun qism orqali butunni nazarda tutmoqda, yoki bo'lmasa "eshikka kirin mehmon bir chaqchaqlashamiz" bu gapda ma'nosi ko'chgan so'z "eshik" so'zi bo'lib, bu gapda "eshikka kirin" deb uyini nazarda tutmoqda. Eshik uyning qismi bo'lganligi uchun bunda ham qism orqali butun nazarda tutilmoqda.
Sinekdoxa quidagi munosabatlarga ko'ra ma'no ko'chadi.
1. Tana a'zolari orqali.
O'n qo'lingni og'zinga solma.
2. Kiyim va uning qismlari orqali.
Hisobida adashgan cho'ntagidan ayrilar.
3. Predmet, narsa, qurol.
Xamir uchidan patir.
4. Hayvon parranda tana a'zolari.
Qizilishton (qush), tulki (tulki terisi).
5. Daraxt va mevasi.
Namangonning oknasi hil hil pishibdi. ( qo'shiq).
4. VAZIFADOSHLIK.
Vazifadoshlik - funksiyadoshlik deganidir. Narsalar, buyumlar, predmetlarning vazifasi o'xshashiligiga asoslanib ma'no ko'chish turi vazifadoshlik deyiladi. Vazifadoshlik bilan metaforani faqrlab olish juda zarurdir. Misol uchun metaforada ham vazifadoshlikda ham narsalar, predmetlarning o'xshashligiga qaraladi, lekin metafora tashqi o'xshashlik bo'lsa vazifadoshlikda esa narsa, buyum, predmetlarning tashqi o'xshasbligiga emas balki faqatgina vazifasi o'xshashligiga qaraladi. Misol uchun: "stolning oyog'i qiyshayib qoldi" bu gapda ma'nosi ko'chgan so'z "oyog'" so'zi bo'lib inson oyog'i bilan stolning oyog'ini vazifasi bir xilligi uchun vazifadoshlik bo'ladi.