Ma’no kengayishi Ma'noning torayishi — leksemaning ma'no hajmida keng ma'nodan tor ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan: vatan (keng ma'noda: kishi tug'ilib o'sgan mamlakat — vatan (tor ma'noda: «kishi tug'ilib o'sgan shahar yoki qishloq»). Turdosh otning atoqli Otga o'tishi ham tilshunoslikda ma'no torayishi deb qaraladi. Masalan: bolta (turdosh ot) — Bolta (atoqli ot), Iola (turdosh ot) — Lola (atoqli ot) kabi. Ma’no torayishi
Leksik ma'no taraqqiyoti natijalari ikki xil bo'ladi:
1) so'zning semantik tarkibidagi ma'nolar miqdori ko'payadi, demak, miqdor o'zgarishi yuz beradi, bu hol polisemiyaga (ko'p ma'nolilikka) va omonimiyaga olib keladi. 2) so'zning semantik tarkibida ma'no hajmi o'zgaradi. Bunda ma'nolar miqdori ortmaydi, bitta ma'noning hajm kengayadi yoki torayadi, xolos.