Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Sotsiolingvistikaning predmetini



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə10/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Sotsiolingvistikaning predmetini belgilashda nemis sotsiolingvistlari quyidagi fikrlarni bildirishgan. Jumladan, A.N. Dittmar sotsiolingvistikaning predmetini shunday izohlagan: “Sotsiolingvistika predmetini tilshunoslik va ijtimoiy fanlarning metodlaridan foydalanib: Kim kim bilan qaysi tilda, qanday ijtimoiy muhitda va qanday maqsadda gaplashyapti, nutq aktining oqibati qanday bo‘ladi? degan qator savollarga javob beruvchi tarzida tushuntirish mumkin”8. D.Vunderlix sotsiolingvistikada alohida kommunikativ jarayonlarning ichida bevosita kuzatiladigan turli omillarning o‘zaro aloqasini tadqiq etilishi, ya’ni jamiyatning ijtimoiy differensiatsiyasining qandaydir asos sifatida o‘rganishilishini, uni nutqiy muomalaning rol, vaziyat va mavzu turlariga ajraladigan sotsiologik o‘lchovlari bilan bog‘lanishini istiqbolli yondashuvlardan biri, deb hisoblagan9.
Amerika sotsiolingvistikasining tadqiqotchisi S.M.Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot ishtirokchi)larning verbal muomalasiga sotsiolingvistikaning asosiy predmeti sifatida qaraydi: “Sotsiolingvistika ishtirokchilarning holatga, mavzuga, o‘zaro ta’sir funksiyalariga, shakl va baholarga ko‘ra verbal muomalasi bilan ish ko‘radi. Mazkur ta’rifning markazi verbal muomala (so‘zlashuv va uning muqobillari) hisoblanadi. Bu o‘rinda sistemani to‘liq tavsiflash uchun lingvistik belgilarning funksional muqobillari sanalgan ishoralar va tasvirlarni ham kiritish lozim bo‘ladi. Biroq verbal muomala yuqori darajadagi to‘liq sistema sifatida o‘zini har joyda namoyon qiladi. Shunga ko‘ra, uni qulay boshlang‘ich nuqta deyish mumkin”10.
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasining predmeti, asosan, turli qatlamlar va sinflarning til qo‘llashini o‘rganish bilan cheklanadi. Binobarin, “til to‘siqlari”, “yoyiq va yig‘iq kod”, “kompensatsiyali ta’lim” kabi masalalar keng tadqiq etiladi. Mazkur muammolar sotsiolingvistik xususiyatga ega bo‘lsa-da, hodisalarning asl mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, sotsiolingvistikaning predmetini qisqacha “inson va jamiyat”, deb belgilash mumkin.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin