Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə18/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. “Me'yor” tushunchasini tushuntiring va uning “adabiy til” tushunchasi bilan aloqasini izohlang.

  2. P. fon Polens “me'yor” tushunchasini qanday tushunadi?

  3. Adabiy til me'yorining madaniylashgan shakli qaerlarda qo‘llaniladi?



Adabiyotlar:
1. Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М, 2001.
2. Грайс Г. Логика и речевое общение // Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 16. Лингвистическая прагматика. - М., 1985.
3. Ervin-Tripp S. Sociolinguistics // Advances in the Sociology of Language / Ed. by J. Fishman. Vol. 1. The Hague; - Paris, 1971.
4. Polenz P. von. Sprachnorm, sprachnormierung und Sprachnormkritik //Bd. 1. Soziolinguistik. Ansätze zur soziolinguistischen Theoribildung; Bd. 2. Anwendungsbereiche der Soziolinguistik. - Darmstadt, 1982.
5-ma’ruza. KODLAR ARALASHUVI: DIGLOSSIYA VA BILINGVIZM. BIR KOD TASARRUFIDAN IKKINCHI KOD TASARRUFIGA O‘TISH
Reja:
1. Bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish
2. Diglossiya va bilingvizm


Tayanch so‘z va iboralar: kodlar o‘zgarishi, bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish, so‘zlovchi rolining o‘zgarishi, muloqot mavzusi, diglossiya, bilingvizm.


Kodlar o‘zgarishi (bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish) inglizcha code-switching (pereklyuchenie kodov) termining tarjimasi bo‘lib, u XX asrning 70-yillarida ingliz tilshunosligida paydo bo‘lgan. Biroq mazkur termin iste'molga kirmasidan oldin bu hodisaga R. Yakobson e'tibor qaratgan: “Har qanday umumiy kod ko‘p shaklli bo‘lib, u xabarning vazifasi, adresat va suhbatdoshlar orasidagi munosabatga ko‘ra so‘zlovchi tomonidan erkin tanlanadigan turli subkodlarning ierarxik (pog‘onali) majmuidir”31.
Ijtimoiy-kommunikativ tizimni tarkib toptiruvchi kodlar va subkodlar vazifalariga ko‘ra taqsimlangandir. Bu mazkur til jamoasini tashkil etgan xuddi o‘sha so‘zlashuvchilar kontingentining umumiy muloqot vositalar majmuini muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda qo‘llashini bildiradi. Masalan, agar gap adabiy til subkodlari haqida ketadigan bo‘lsa, unda adabiy til egalari ilmiy faoliyatda ilmiy uslubdan, boshqaruv organlarining yozishmalarida, ish yuritishda, yurisprudensiyada albatta, rasmiy uslubdan, diniy marosimlarda esa diniy-tashviqot konstruksiyalaridan foydalanishi kerak bo‘ladi. Boshqacha aytganda, so‘zlovchi muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda bir til vositasidan boshqasiga o‘tadi.
Bunga o‘xshash manzara ikki yoki undan ortiq til qo‘llaniladigan jamiyatlarda ham kuzatiladi. Ikki yoki undan ortiq tilda so‘zlashuvchilar (zullisonaynlar) odatda bu tillarni muloqot sharoitiga ko‘ra “taqsimlashadi”: rasmiy sharoitda hokimiyat vakillari bilan bir tilda, kundalik hayotda, uyda, qo‘shnilar va h.k. bilan ikkinchi tilda gaplashadilar. Mazkur holatda ham bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tiladi, faqat bu yerda birinchi misoldagidek kod tilning uslublari sifatida emas, balki turli tillar sifatida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin