Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə20/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

(Ichki til) diglossiyasi (yun. di – “ikki” va gloss “til”) deganda, bir milliy tilning turli subkodlarida gapira olish, sharoit va muloqot doirasiga bog‘liq holda, tilning bir subkodidan ikkinchi bir subkodiga ko‘chish, bir til doirasidagi turli uslublardan foydalana olish tushuniladi.
Bundan tashqari, diglossiya termini turli tillarni bilish va ularni muloqot vaziyatiga ko‘ra galma-gal qo‘llay olishini ham anglatishi mumkin. Bunday hollarda “ichki til” aniqlovchisi chiqarib tashlanib, “diglossiya” terminining o‘zi qo‘llaniladi.
“Diglossiya” termini ilmiy muomalaga amerikalik tadqiqotchi C.A. Fergyuson tomonidan 1959 yilda kiritilgan32. Bungacha tilshunoslikda xalqaro “bilingvizm” va uning muqobili “ikki tillilik” (zullisonayn) terminlari qo‘llanilgan (va qo‘llanishda davom etmoqda). Ko‘p tillar mavjud bo‘lgan holatlarga nisbatan “ko‘p tillilik” (ingl. multilingualism, frans. plurilinguisme) terminidan foydalanish qabul qilingan.
“Ikki tillilik” va “ko‘p tillilik” terminlarining nomlaridan ham ko‘rinib turganidek, bu biron jamiyatda (odatda davlatda) ikki va undan ortiq tillarning faoliyat ko‘rsatishini bildiradi. Bugungi kunda qator davlatlarda ikki yoki ko‘p tillilik mavjud. Mazkur hodisalarni Rossiya (rus tili bilan birga, boshqird, tatar, yoqut, buryat, osetin va h.k. tillar qo‘llaniladi), Afrika mamlakatlari, Belgiya, Gana, Hindiston, Kanada, Paragvay (misollarni barcha mintaqalardan olinganini ko‘rish mumkin) davlatlarida kuzatish mumkin.
Ikki tillilik va ko‘p tillilikni bir qancha tillarni biladigan shaxslarga nisbatan ham ishlatish mumkin. Binobarin, bilingvizm (ikki tillilik) deganda, ikki tilda bemalol fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda egallaganlik tushuniladi.
Ikki tillilik va ko‘p tillilikdan farqli o‘laroq, diglossiya ikkita mustaqil tilni yoki bir tilning turli subkodlarini bilishni ifodalaydi. Bu tillar va subkodlar vazifasiga ko‘ra taqsimlangan bo‘ladi: agar gap ko‘p tilli jamiyatlar haqida borayotgan bo‘lsa, unda masalan, rasmiy vaziyatlarda, chunonchi, qonunchilik, ish yuritish, davlat tashkilotlari orasidagi yozishmalarda rasmiy til (yoki davlat tili)dan foydalaniladi; maishiy, kundalik hayot va oilaviy muloqot sharoitlarida esa rasmiy maqomga ega bo‘lmagan boshqa tillar va subkodlardan foydalaniladi.
So‘zlovchilarning ongli ravishda turli kommunikativ vositalardan birini tanlashi va uni muvaffaqiyatli muloqot uchun qo‘llay olishi diglossiyaning muhim sharti hisoblanadi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin