Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə22/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. “Diglossiya” termini ilmiy muomalaga kim tomonidan va qachon kiritilgan?

  2. Tilshunoslikda xalqaro “bilingvizm” va uning muqobili bo‘lgan “ikki tillilik” (zullisonayn) terminlarini qiyoslang.

  3. Ikki tillilik va ko‘p tillilik keng muomalada bo‘lgan davlatlarni sanang.

  4. Diglossiyaning muhim shartini ayting.

  5. Individual bilingvizmning asosiy turlarini farqlang, ularga misollar keltiring.

  6. Interferensiya nima?

  7. Interferensiyaning yo‘nalishlarini ayting.



Adabiyotlar:
1. Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М, 2001.
2. Ferguson C.A. Diglossia // Word. –N. 15. 1959.
3. Jakobson R. Linguistics in its relation to other sciences //Main Trends of Research in the Social and Human Sciences. - Paris, 1970.
7-ma’ruza. SINXRON VA DIAXRON SOTSIOLINGVISTIKA. MAKRO VA MIKRO SOTSIOLINGVISTIKA


Reja:
1. Sotsiolingvistikaning asosiy yo‘nalishlari.
2. Sinxron va diaxron sotsiolingvistika
3. Makro va mikro sotsiolingvistika


Tayanch so‘z va tushunchalar: sotsiolingvistikaning asosiy yo‘nalishlari, sinxron sotsiolingvistika, diaxron sotsiolingvistika, makro sotsiolingvistika, mikro sotsiolingvistika, nazariy sotsiolingvistika, tajribaviy sotsiolingvistika, amaliy sotsiolingvistika.

Ferdinand de Sossyur davridan boshlab lingvistikada til tadqiqining sinxron va diaxron jihatlari farqlanadi. Shunga ko‘ra, sinxron lingvistika va diaxron lingvistika ajratiladi. Olimlar bunday bo‘linishning shartli ekanligini ta’kidlaydilar, binobarin, tilning u yoki bu holatini tadqiq etishda (sinxron lingvistikaning shug‘ullanish sohasi) uning tarixiy omili(diaxron lingvistikaning o‘rganish predmeti)ni ham hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, aksincha, til tarixining samarali tadqiqi ba’zan tilning u yoki bu davrdagi rivojlanish holatini tavsiflovchi sinxron rivojlanishning muayyan bir paytini qiyoslash yo‘li orqali amalga oshiriladi. Tilni o‘rganishdagi bunday sinxron va diaxron bo‘linish sotsiolingvistikada ham mavjud. Sinxron sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini, diaxron sotsiolingvistika til rivojlanishining jamiyat rivojlanishi bilan aloqasini tavsiflovchi jarayonlarni o‘rganadi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin