Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə30/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Talabalarda sotsiolingvistika bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish; sotsiolingvistikada faol qo‘llaniladigan terminlarni o‘zlashtirish, sotsiolingvistikaga oid nazariy masalalar bo‘yicha muayyan bilimga ega bo‘lish va ularni amaliyotda tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
“Sotsiolingvistika” fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “3x4”, “Venn diagrammasi”, “Rezyume”, “Baliq skeleti”, singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishi bilan o‘tkaziladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
“Sotsiolingvistika” kursining predmeti, vazifalari. Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar. Zamonaviy fanlar tizimida sotsiolingvistikaning tutgan o‘rni va o‘ziga xosligi. Tilshunoslikda sotsiologik oqim. Til sotsiologiyasi va sotsiolingvistikaning bir-biridan farqi. Sotsiolingvistikaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Til ontologiyasi. Bilingvizm va uning turlari. Diglossiya. Lisoniy qurilmalar. Tilning funksional tasniflari. Lisoniy vaziyat va uning turlari. Sotsiolingvistikaning asosiy yo‘nalishlari. Sotsiolingvistikaning muhim tarmoqlari. Sotsiolingvistikada savodxonlik muammosi. Til siyosati va lisoniy vaziyatlar. O‘zbekistondagi til siyosatini davrlashtirish. Sho‘rolar davridagi til siyosati. Mustaqillik davridagi til siyosati. Sotsiolingvistik metodlar.
“Sotsiolingvistika” fanining shakllanishi, uning predmeti, maqsadi va vazifalari. “Sotsiolingvistika”ning rivojlanishi. Kursning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin