Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə28/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

2-amaliy mashg‘ulot. Lisoniy hamjamiyat. Adabiy til. Dialekt. Sotsiolekt. Argo, jargon, sleng. Koyne.Аdabiy til, standartlashgan adabiy til, dialekt, hududiy dialekt, ijtimoiy dialekt, milliy til, yarim dialekt, sotsiolekt, argo, jargon, sleng, koyne, so‘zlashuv tili.
3-amaliy mashg‘ulot. Ijtimoiy variativlik. Gender variativlik. Lisoniy variativlik. Nutqiy muloqot. Lisoniy variativlik, “til bilish”, ijtimoiy variativlik, tilning ichki differensiatsiyasi, stratifikatsion va vaziyatli variativlik, erkak nutqining variativligi, ayol nutqining variativligi.
4-amaliy mashg‘ulot. Nutq akti. bilvosita nutq akti. Мe'yor, til me'yori, adabiy til, nutqiy muloqot, nutqiy muloqotning holati, nutqiy muloqot qoidalari, nutqiy muomala, kommunikativ vaziyat, so‘zlovchi, tinglovchi.
5-amaliy mashg‘ulot. Kodlash va dekodlash. Kommunikatsiya. Kodlar aralashuvi. Кommunikatsiya, verbal va noverbal kommunikatsiya, kommunikativ vaziyat, kommunikativ vaziyat komponentlari, kommunikativ salohiyat, “vaziyat grammatikasi”, ijtimoiy maqom, ijtimoiy rol, lisoniy ijtimoiylashuv. Kodlar o‘zgarishi, bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish, so‘zlovchi rolining o‘zgarishi, muloqot mavzusi, diglossiya, bilingvizm, “kki tillilik”, “ko‘p tillilik”, koordinativ (sof) bilingvizm, aralash bilingvizm, subordinativ bilingvizm, interferensiya.

SEMINAR MASHG‘ULOTI MATERIALLARI
1-seminar mashg‘ulot. O‘zbek tili lisoniy hamjamiyati. Ozbek tili lisoniy hamjamiyati muloqat vositalari. O‘zbek adabiy tilining shakllanishini tushuntiring. Standartlashgan adabiy til tushunchasiga izoh bering. Dialekt, hududiy dialekt, ijtimoiy dialekt, milliy til, yarim dialekt, sotsiolekt, argo, jargon, sleng, koyne, so‘zlashuv tili kabi atamalarni izohlang va misollar keltiring.
2-seminar mashg‘ulot. O‘zbek tilida lisoniy hamjamiyatning muloqat vositalari. O‘zbekistonda nutqiy muloqotning holatini tushuntiring. Nutqiy muloqot qoidalarini izohlang. Insonlararo nutqiy muomala va kommunikativ vaziyatda so‘zlovchi hamda tinglovchining roli. Nutq aktini tashkil qiluvchi vositalarni sanang.
3-seminar mashg‘ulot. O‘zbek tilida variativlik. Diglossiya, interferensiya. O‘zbek tilida variativlik. Lisoniy variativlikda “til bilish”, ijtimoiy variativlik, tilning ichki differensiatsiyasi, stratifikatsion va vaziyatli variativlik tushunchalari haqida. Variativlikning gender jihatdan xoslanishiga misollar to‘plang. Erkak nutqining variativligi, ayol nutqining variativligining o‘ziga xos xususiyatlarini sanang.
4-seminar mashg‘ulot. Kodlar aralashuvi. Kodlar aralashuvi.Ozbekistonda bilingvizm va diglossiya Muloqot muhitida kodlar o‘zgarishiga misollar bering. Bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish deganda nimani tushunasiz. Nutqiy vaziyatda so‘zlovchi rolining o‘zgarishi hamda muloqot mavzusi nima? O‘zbek tili misolida diglossiya hodisasini tushuntiring. O‘zbek-rus, o‘zbek-qoraqalpoq, o‘zbek-qozoq, o‘zbek-tojik va boshqa turdagi bilingvizmga misollar keltiring. Ularning kelib chiqish sabablarini izohlang. Bilingvizmning “ikki tillilik”, “ko‘p tillilik”, koordinativ (sof) bilingvizm, aralash bilingvizm, subordinativ bilingvizm kabi turlariga misol keltiring.
5-seminar mashg‘ulot. O‘zbekistonda bilingvizm va diglossiya. Uning turlari. Ozbekistonda lisoniy vaziyat va til siyosati. O‘zbekistondagi lisoniy vaziyat turlarini sanang. Ekzogloss lisoniy vaziyat. Endogloss lisoniy vaziyat. Muvofiqlashgan ekzogloss. Muvofiqlashmagan ekzogloss. Muvofiqlashgan endogloss. Muvofiqlashmagan endoglossga misollar keltiring.






Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda “Sotsiolingvistika” fanining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarni aniqlash, muhim yo‘nalishlari, tarmoqlari, metodlari haqida ma’lumot keltirish, shuningdek, chegaradosh fanlarga urg‘u berish.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin