4. Variativlik turlari. Ijtimoiy variativlik. Gender variativlik



Yüklə 20,62 Kb.
səhifə1/2
tarix22.04.2023
ölçüsü20,62 Kb.
#101650
  1   2
4. MA\'RUZA


4. Variativlik. Variativlik turlari. Ijtimoiy variativlik. Gender variativlik.
Reja:
1. Lisoniy variativlik
2. Ijtimoiy variativlik
3. Erkak va ayol nutqining variativligi
4. Lokutsiya, illokutsiya, perlokutsiya. Nutqiy akt turlari.


Tayanch so‘z va iboralar: lisoniy variativlik, “til bilish”, ijtimoiy variativlik, tilning ichki differensiatsiyasi, stratifikatsion va vaziyatli variativlik, erkak nutqining variativligi, ayol nutqining variativligi, NAN, propozitsiya, lokutsiya, illokutsiya, perlokutsiya.

Agarda biz muloqot jarayonida bir til vositasining tasarrufidan boshqa til vositasining tasarrufiga o‘ta olsak, masalan, adresatning almashinishida o‘sha mavzuni muhokama qilishda davom etsak, demak, bizning ixtiyorimizda ayni mavzu haqida turlicha gapirishga imkon beradigan vositalar majmui bo‘ladi. Bu tilning favqulodda muhim xususiyati bo‘lib, u so‘zlovchining muayyan tilda nafaqat o‘z fikrlarini erkin ifodalash, balki uni turli usullar orqali berish imkoniyati bilan ham ta'minlaydi. Til egasining ayni bir ma'noni turlicha ifodalay olishi, uning qayta ifodalash qobiliyati deyiladi. Mazkur qobiliyat aytilgandan ma'noni chiqarib olish qobiliyati va to‘g‘ri iboralarni noto‘g‘ri iboralardan farqlash mahorati bilan birga, “til bilish” deb nomlanadigan murakkab psixik malaka asosida yotadi.


Variativlik nutqiy kommunikatsiyaning barcha darajalarida – turli til vositalarini bilishdan tortib, to so‘zlashuvchining bir tilga tegishli turli fonetik va urg‘u variantlariga yo‘l qo‘yilishini tushunib yetishigacha bo‘lgan darajalarda namoyon bo‘ladi. Masalan, Toshkent shahrida piyola so‘zini ikki xil talaffuz qilish kuzatiladi: “pila” va “pela”. Bu fonetik variativlikka misol bo‘ladi. Yoki Farg‘onada narvon o‘rniga shoti, Xorazmda sabzi o‘rniga gashir so‘zlarining qo‘llanilishi leksik variativlikka misol bo‘ladi.
Bir xil ma'noga ega bo‘lgan lisoniy belgilarning shaklidagi, tashqi ko‘rinishidagi nomutanosiblikka, har xillikka
Yüklə 20,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin