Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Sinxron sotsiolingvistika



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə23/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Sinxron sotsiolingvistika til va jamiyat aloqalariga tegishli munosabatlar va jarayonlarni o‘rganadi. Munosabatlar bu aloqalarning statikasini, jarayonlar esa ularning dinamikasini ifodalaydi.
U yoki bu til egasi muayyan ijtimoiy xususiyatlarga, xususan, ma’lum ta’lim darajasi, kasb-hunar, qadriyatlar yo‘nalishi tizimi va boshqalarga ega. “Til egasi” va “ijtimoiy xususiyatlar egasi” maqomining o‘zaro munosabati zamonda o‘tib boruvchi qandaydir jarayonlar bilan bog‘liq emas. Lekin turli ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan kishilarning tildan foydalanish xususiyatlarini mazkur shart-sharoitlardan tashqarida, nutqiy muloqot jarayonini kuzatish orqaligina tadqiq etish mumkin. Statika dinamika bilan o‘rin almashadi33.
Ko‘p tilli jamiyatda tillar til egalari orasida ularning etnik xosligiga ko‘ra taqsimlanadi: masalan, hozirgi Rossiyada ruslar bilan birga tatarlar, yoqutlar, osetin va boshqa xalqlar ham istiqomat qiladi, ularning har biri o‘z ona tiliga ega. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, tillar va etnoslar orasidagi munosabat bir xil bo‘lmaydi: bir tomondan, ko‘p millat vakillari o‘z ona tilidan tashqari shu jamiyatda keng qo‘llanuvchi boshqa tillardan ham foydalanadilar; boshqa tomondan, shunday tillar borki, masalan, suaxili tili, “bu tilda so‘zlashuvchi tub etnik qatlam yo‘q, chunki Afrikada ona tili suaxili bo‘lgan avtoxton etnosi mavjud emas”34.
Yana bir misol. Qandaydir milliy tilni uning ijtimoiy differensiatsiyasi nuqtayi nazaridan tasvirlashda, odatda, unda muayyan til tizimlari – adabiy til shakllari, hududiy dialektlar, kasbiy va ijtimoiy jargonlar, shahar koynesi va h.k.ning mavjudligi qayd qilinadi. Mazkur til tizimlari bir-biridan ihotalanmagan holda mavjud, ya’ni ular o‘zaro munosabatda bo‘ladi. So‘zlashuvchilar bu til tizimlaridan qanday foydalanadi? Ularning funksional munosabati qanday bo‘ladi? - kabi savollarga javob berilar ekan, tilning ijtimoiy differensiatsiyasini tavsiflovchi statikadan mazkur tilni tarkib toptiruvchi ost tizimlarning vazifalari dinamikasiga o‘tiladi.
Sinxron sotsiolingvistika sohasiga lisoniy ijtimoiylashuv, tilni o‘zlashtirishni ijtimoiy rollar tizimini o‘zlashtirish, “vaziyat grammatikasi” asoslarini bilish va boshqalar bilan bog‘liq holda o‘rganish ham kiradi. Sinxron sotsiolingvistikaning shug‘ullanish sohasi haqida L.B.Nikolskiy, J.Fishman, J. Gampers va D.Hayms tahriri ostida nashr qilingan “Directions in sociolinguistics” (1972)da batafsil ma’lumot berilgan.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin