Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə26/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Mikro sotsiolingvistika tilning kichik jamoalar (oila, ishlab chiqarishdagi guruhlar, bog‘cha, maktabdagi sinflar va h.k.)da ishlatilishi bilan shug‘ullanadi. Katta va kichik ijtimoiy jamoalar nafaqat miqdor, balki sifat nuqtayi nazaridan ham farqlanadi: kichik ijtimoiy jamoada (masalan, oilada, turli o‘yinlar va ishlab chiqarish guruhlarida) qo‘llanuvchi til qonuniyatlari ko‘pincha kattalar jamoasida “ishlamaydi” yoki u darajada ta’sir qilmaydi va aksincha.
Ko‘p yillar mobaynida sotsiolingvistikada keng miqyosdagi jarayon va munosabatlar obyekt qilib olingan tadqiqotlar asosiy o‘rinni egallagan. Ozchilikni tashkil qilgan guruhlarga aloqador lisoniy jarayonlar va munosabatlarga e’tibor berilmagan. Biroq bunday kichik guruhlarni sotsiolingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etish zarurati haqidagi fikrlar ko‘p marta qayd qilingan. Bunday tadqiqotlarda insonning nutqiy muomalasi haqidagi qator muammolar to‘g‘ri yechimini topishi mumkin. Bundan tashqari individ nafaqat so‘zlovchi sifatida, balki ma’lum jumlalarni “yaratuvchi” sifatida ham aynan shunday kichik guruhlarda (butun jamiyatda emas) namoyon bo‘ladi39.
Mikro sotsiolingvistika, shubhasiz, tilshunoslikning sohasidir. Garchi u tilning kichik guruh ichida maxsus qo‘llanishini o‘rgansa-da, uning obyektini bevosita til tashkil qiladi. Biroq u inson haqidagi boshqa fanlar, eng avvalo, psixologiya va ijtimoiy psixologiya bilan chambarchas aloqada, chunki uning asosiy tushunchalari aynan shu sohalardan olingan.
Mikro sotsiolingvistika shug‘ullanadigan muammolarni ikki guruhga ajratish mumkin:
1) muayyan kichik ijtimoiy guruhda qanday til qo‘llanadi?
2) bu til shu kichik jamoa a’zolari tomonidan qanday ishlatiladi?
Bu savollarning javobi bir qarashda ma’lumday ko‘rinadi. Agar muayyan guruh qandaydir uni qamrab olgan jamiyat (millat, mamlakat, etnos va sh.k.) ichida mavjud bo‘lsa, guruh a’zolari guruh ichidagi muloqotda shu jamiyatda amalda bo‘lgan til hosilalaridan foydalanishi kerak.
Guruh a’zolari foydalanuvchi til umummilliy til bo‘lmaydi. Buni “oilaviy” deb ataluvchi tillarning mavjudligi isbotlaydi: umumiste’moldagi til vositalari bu o‘rinda muayyan transformatsiyaga uchraydi. Guruhlarda alohida “tillar”ning ishlab chiqilishini ham shunga qiyoslash mumkin: ishlab chiqarish, o‘yin, sport yoki boshqa biror bir qiziqishlari birlashtirgan jamoa a’zolarining tillari (bunda ijtimoiy va professional jargonlar emas, balki o‘ta tor doiradagi guruhlarda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos muloqot vositasi nazarda tutiladi). Bunga guruh ichidagi muloqotda nutq qoliplarining shakllanishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu jamoaviy faoliyat jarayonida kishilar tomonidan muayyan xulq stereotiplari ishlab chiqiladi, guruh a’zolarining o‘zaro kommunikativ aloqalari nutq qoliplarining shakllanishiga olib keladi. Bunday qoliplar qatoriga alohida nutq birliklari, shuningdek, mazkur guruhning kommunikativ tajribasini aks ettiruvchi jumla va suhbatlarning turli qismlari, u yoki bu nutqiy aktlarning boshlanishi yoki tugallanishini ifodalovchi o‘ziga xos shakllar, badiiy asarlarda yoki biron bir guruh a’zosining og‘zaki gaplarini kiritish mumkin40.
Mikro sotsiolingvistikada nutqiy muloqotning diada va triada turlarini tadqiq etish keng tarqalgan. Masalan, shifokor va bemor, er va xotin, o‘qituvchi va o‘quvchi, sudya va sudlanuvchi yoki advokat va h.k. Bunday “mikroguruh” a’zolarining nutqiy muomalasini batafsil tadqiq etish natijasida muloqotchilarning turli darajadagi mavqeyi va rollarini boshqaruvchi nutqiy muloqot mexanizmlari ochib beriladi.
Nutqiy o‘zaro munosabatning bunday mikrotahliliga U.Labov va D.Fenshellarning “Терапевтический дискурс. Психотерапия как общение” асарини мисол сифатида кўрсатиш мумкин41. Mazkur asarda psixoterapevtning bemorlar bilan olib borgan suhbatlari asosida muloqotchilar nutqiy usulini xarakterlovchi umumiy qoidalar va uning verbal va noverbal (harakat, imo-ishora, o‘tirish holati va h.k.) ko‘rinishlari tadqiq etilgan.
Til tadqiqiga ijtimoiy nazar bilan yondashishning dastlabki bosqichida ijtimoiy-lisoniy aloqalar tahliliga aqliy yondashuv xos bo‘lib, mazkur sohaga tegishli daliliy materiallar hali yetarli emas edi. “Til-jamiyat” munosabatiga oid masalalar endigina o‘rtaga tashlangan va ular umumiy nuqtayi nazardan muhokama qilinar edi. Bunday tadqiqotlarga Y.D.Polivanov va A.Meyening ishlarini misol qilib keltirish mumkin.
Dastlabki sotsiolingvistik tadqiqotlar sotsiolingvistika nazariyasini shakllantirishda asos vazifasini o‘tadi. Sotsiolingvistik tadqiqotlarning mazkur yo‘nalishi, asosan, “til - jamiyat” munosabatlariga aloqador bo‘lgan umumiy muammolarning tadqiqi bilan shug‘ullanadi. Bu muammolar quyidagilardan iborat:
- tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqidagi umumiy tezis atrofida guruhlangan aksiomalar tizimini shakllantirish;
- til taraqqiyotiga xos qonuniyatlarni aniqlash va ularning ijtimoiy tabiatini isbotlash;
- til mavjudligining ijtimoiy shartlanganligini tekshirish, uning turli muloqot muhitlari va ijtimoiy vaziyatlarga bog‘liqligini ko‘rsatish;
- kommunikatsiya ishtirokchilarining ijtimoiy rollari tizimi yoki bu nutqiy aktlarni amalga oshirishdagi ijtimoiy-psixologik sharoitlar, so‘zlovchining bir koddan boshqasiga o‘ta olishi kabi qator omillarning ahamiyatini aniqlash va h.k42.
Sotsiolingvistikaning nazariyachilari tilning ijtimoiy omillariga ommaviy empirik materiallarni bog‘lash zaruratini dastlabki bosqichlardayoq anglab yetishgan edi. XX asrning 60-yillarida Rossiyada M.V.Panov, AQShda U.Labov bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda sotsiolingvistik tadqiqotlarning zaruriy bosqichi va muayyan nazariy asoslarni isbotlash usuli sifatida tajribaga murojaat qilishgan. Mazkur xatti-harakatlar tajribaviy sotsiolingvistikaning rivojlanishiga turtki bo‘lgan.
Zamonaviy sotsiolingvistik tajriba ulkan tashkiliy faoliyat va muayyan moliyaviy xarajatlarni talab qiladigan murakkab ishdir. Binobarin, tajriba o‘tkazuvchi tadqiqotchi kishilar nutqiy muomalasining o‘ziga xos tomonlari yoki lisoniy hamjamiyatlarni tashkil qilgan turli ijtimoiy guruhlar haqida imkon qadar xolis va yetarli ma’lumotlar olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, tajriba o‘tkazishning ishonchli vositalari, sinalgan usullar, maxsus tajriba dasturiga amal qiluvchi axborot beruvchi informantlar jamoasini to‘g‘ri tanlay olish ham muhim hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, fan tarixida qo‘pol sotsiolingvistik tajribalar ham o‘tkazilgan. R. Bell yarim hazil, yarim chin ma’noda ilk sotsiolingvist tajribachi sifatida galaadityan qabilasiga mansub qadimgi lashkarboshi Ieftayni ko‘rsatadi. U dushman “beshinchi kolonna” efremliklar qabilasi vakillarining o‘z harbiy kuchlariga kirib olishining oldini olish maqsadida Iordan daryosi kechuviga kelgan har bir jangchiga “shibbolet” (yahudiy tilida “oqim” degani) - deb aytishni buyurgan. Galaaditliklar “shibbolet” so‘zi boshidagi [v] tovushini qiynalmasdan to‘g‘ri talaffuz qilishgan, efremliklar esa uni talaffuz qila olishmagan. Bu tajribaning natijasi qonli bo‘lib, “shibbolet”ni galaaditcha aytolmagan 42 ming efremlik o‘z hayoti bilan vidolashgan43 .
Tajribaviy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun maxsus uslublar majmuyi ishlab chiqilmoqda. Bunday uslublardan ayrimlari U.Labov va uning izdoshlari tomonidan ingliz tilining Amerika variantini o‘rganishda, shuningdek, M.V.Panov rahbarligidagi moskvalik tilshunoslar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin