Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə29/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Fanning maqsadi va vazifalari
“O‘zbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta’limotlarini, mumtoz va zamonaviy metodlarini, buyuk ajdodlarimizning o‘zbek va jahon tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari, o‘zbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish” vazifasidan kelib chiqqan holda fanni o‘qitishning maqsadi tilning ijtimoiy tabiati, til bilan jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi, lisoniy vaziyatlar, tilning funksional tasniflari, sotsiolingvistikada savodxonlik masalalari haqida ma’lumot berish.
Fanni o‘qitishning vazifalari – talabalarda “Sotsiolingvistika” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash; talabalarda sotsiolingvistika bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish; sotsiolingvistika fanining tarixi haqida bilim berishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Sotsiolingvistika” fani bo‘yicha bakalavr tilning ijtimoiy mohiyati, til va jamiyat munosabati, lisoniy vaziyat va uning turlari, bilingvizm va uning turlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; sotsiolingvistikaning nazariy masalalarini, til ontologiyasi masalalarini, tilning funksional tasniflarini, lisoniy qurilmalarni bilishi va ulardan foydalana olishi; sotsiolingvistikaning til bilan jamiyat bog‘liqligiga oid nazariy masalalarni hal qilishdagi asosiy fan sifatidagi ahamiyatini asoslash, sotsiolingvistikaning til bilan jamiyatning o‘zaro bog‘liqligiga oid amaliy masalalarni hal qilishdagi asosiy fan sifatidagi ahamiyatini asoslash, sotsiolingvistik metodlarni amalda tatbiq qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
“Sotsiolingvistika” “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”, “Tilshunoslikka kirish”, “Dialektologiya”, “Umumiy tilshunoslik” fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin