Funksional ko‘chirish - Функциональний перенос - Functionally transfer – biror predmetning nomi boshqasiga ular bajargan vazifasidagi o‘xshashlik asosida ko‘chirilishi. (lot. funktio - faoliyat, vazifa). Funksional ko‘chirish ham o‘xshashlik asosida voqe bo‘la-di. Bu jihatdan u metafora yo‘li bilan ko‘chirishga juda yaqin.
G Grafika – Графика – Graphics - Yozuv tarixi va yozuv birliklari: harf, grafema, alfavit kabilarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir.
Grammatik ma’no - Граммати́ческое значе́ние - Grammatical meaning - sistemasida obyektiv borliqdagi predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimimiz ong orqali aks etadi. Grammatik ma’noni uch guruhga bo‘lish mumkin: 1) nosintaktik (referensional); 2) sintaktik (relyasion); 3) subyektiv. Birinchi ma’noni turkumlovchi, ikkinchi ma’noni toifaviy (kategorial), uchinchi ma’noni esa notoifaviy (nokategorial) ma’nolar deb ham tasniflash mumkin.
Grammatik shakl - Граммати́ческая фо́рма - Grammatical forms - muayyan grammatik ma’noning tashqi ifodalanish tomoni - moddiy tomonidir. Grammatik shakl bilan grammatik ma’no falsafadagi shakl va mazmun dialektikasini o‘zida namoyon qiladi. Shakl va mazmun bir yaxlitlikning ikki tomoni - biri tashqi, ikkinchisi esa ichki tomoni sanaladi. Shuning uchun ular bir-birini taqozo qiladi. Birisiz ikkinchisining bo‘lishi mumkin emas.
I
Innovatsiya – Инновация -Innovation – Yangilik, yangi g‘oya kiritish.
K Kartotеka – Картотека- File – Kartochkalarning – informatsiya tarqatuvchi, birlashtirilgan, sistеmalashtirilgan va aniq bir tartibda joylashtirilgan, masalan, alfavit, mavzular, sanalar bo‘yicha, aniq bir sonining ja'mi.
Konsonantizm - Консонантизм - Consonants -undosh fonemalar tizimi.
Koyne – койнэ – koyny - aholi turli guruhlarining ijtimoiy va lisoniy aloqalari jarayonida shakllangan dialektlararo og‘zaki muloqot vositasi.