Leksikologiya haqida suhbat



Yüklə 56,67 Kb.
səhifə2/12
tarix11.05.2023
ölçüsü56,67 Kb.
#111701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-sinf-tezis G.Siddiqova

Tut, yut, oq, yot, et, uch.
Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma'nolarini bildirgan so‘zlarga shakldosh so‘zlar deyiladi.
Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma'noli so‘zlarga o‘xshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash kerak. Ko‘p ma'noli so‘zlar bir so‘zning o‘z va ko‘chma ma'nolarida qo‘llashdan hosil bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash ikki va undan ortiq so‘zlardir.

496 -mashq

6

6.04.2020

Ona tili

Uyadosh so’zlar

Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi.

Tilimizdagi barcha so‘zlar ongimizda ma'lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so‘zlarning xotirada oson saqlanish va nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi.





500 -mashq

7

7.04.2020

Ona tili

Paronimlar

Faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi, lekin bir xil talaffuz qilinadigan so‘zlarga paronimlar deyiladi.
Talaffuzi yaqin bo‘lganligi uchun bunday so‘zlarni bir-biri bilan almashtirib qo‘yish ehtimoli bor. Nutqingizni aniq, ravon bo‘lishini istasangiz, ana shunday xatoga yo‘l qo‘y-maslikka harakat qiling.



504 -mashq

8

08.04.2020

Ona tili

Ma’nodosh so’zlar

Bir umumiy ma'noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so‘zlarga ma'nodosh so‘zlar deyiladi.

Ma'nodosh so‘zlar bir ma'noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma'no qirralari bilan ifodalashda, so‘z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta'sirchanligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.





509 -mashq

9

09.04.2020

Ona tili

Ma’nodosh so’zlar qatorida bosh so’z

Ma'nodosh so‘zlar bir umumiy ma'noni ifodalasa ham, shu umumiy ma'noni qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq so‘zlari so‘zlash umumiy ma'nosi bilan bir xil bo‘lsa ham, ular ovozning baland-pastligiga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so‘zlari ham so‘zlash umumiy ma'nosi bilan yuqoridagi so‘zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi Irod etmoq, bayon etmoq singari so‘zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi.
Ko‘ryapsizki, bir ma'noni o‘zingizning maqsadingizga muvofiq bir necha so‘zlardan bittasini tanlash orqali ifodalash mumkin. Bu bilan nutqning ta'sirchanligini oshirish orqali so‘z sehrini namoyon qilishga erishiladi.



514-mashq

10

10.04.2020

Ona tili

Zid ma’noli so’zlar

Qarama-qarshi ma'noli so‘zlarga zid ma'noli so‘zlar deyiladi.

Zid ma'noli so‘zlar doimo ikki qarama-qarshi a'zodan iborat bo‘ladi. Birini aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. Masalan: achchiq deyishimiz bilan shirin esimizga tushadi. Zid ma'noli so‘zlar birgalikda qo‘llanib, yangi so‘z hosil qilishi mumkin. Masalan: yosh-u qari -bari, achchiq-chuchuk –ovqat turi, uzoq-yaqindan - hammayoqdan kabi.





518 -mashq

11


Yüklə 56,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin