5-MAVZU. KO‘PYOQLIKLARNING TEKISLIK VA TO‘G‘RI CHIZIQ BILAN KESISHISHI
Reja:
Ko‘pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi.
Ko‘pyoqliklarning to‘g‘ri chiziq bilan kesishishi
Ko‘pyoqliklarning yoyilmalarini yasash usullari
Ko‘pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi.
Ko‘pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi masalasi yordamida ko‘pyoqlik shaklidagi bir xil ko‘pyoqlik trubalarini bir-biri bilan payvandlashda o‘tish chiziqlarini, arxitekturada qo‘shma bino devorlari va tomonlarining uchrashish chiziqlarini, gidrotexnika inshoatlarida esa ikki inshootning kesishish chiziqlarini yasashda foydalaniladi.
7.1-shakl
Ko‘pyoqlikning tekislik bilan kesishgan chizig‘ini yasash uchun ko‘pyoqliklar har bir qirrasini kesuvchi tekislik bilan kesishgan nuqtasi topiladi (7.1-shakl). Bu shaklda uchburchak prizma qirralari , m va n bilan P tekislikni kesishish chizig‘i ko‘rsatilgan. Ya’ni ∩P→1, m∩P→2, n∩P→3, 123 uchburchak kesim yuzasidir.
7.2-shaklda shu jarayon epyurda tasvirlangan. Prizmaning A va B nuqtalaridan o‘tuvchi vertikal qirralari orqali M1(M1H,M1V) gorizontal proyeksiyalovchi tekislik o‘tkaziladi. Berilgan P(PH,PV) tekislik bilan o‘tkazilgan M1(M1H,M1V) tekisliklarning o‘zaro kesishgan chizig‘i topiladi.
7.2-shakl
PV∩M1VT(T1,T2) va PH∩M1HL(L1,L2) tekisliklarning kesishuv chizig‘ining frontal proyeksiyasi prizma qirralarining frontal proyeksiyalarini A2 va B2 ni mos ravishda 12 va 22 nuqtalarda kesadi.
Prizmaning A va C nuqtalaridan o‘tuvchi vertikal qirralari orqali M2(M2H,M2V) tekislik o‘tkazilib, yuqoridagi kabi usulda C2 qirrada 32 nuqtani topamiz. Topilgan 12, 22 va 32 nuqtalarini birlashtirib, Δ122232 ni, ya’ni prizmani tekislik bilan kesishgan chizig‘ini hosil qilamiz.
Agar prizma og‘ma, ya’ni proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan umumiy vaziyatda bo‘lsa, u holda yordamchi tekisliklar har bir qirra orqali alohida o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |