Lesson 2 structure of anatomical terms



Yüklə 0,87 Mb.
tarix31.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#91918
Retsept mustaqil.iw

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Kafedra:Xorijiy tillar

Fan:Lotin va Tibbiy terminolgiya

Tayyorladi:Toshbo'riyev.Sh

MAVZU: RETSEPT STRUKTURASI. RETSEPT YOZISH QOIDALARI.

RETSEPT STRUKTURASI

RETSEPT STRUKTURASI

Retsept quyidagi qismlardan iborat:

1. Inscriptio - Meditsina muassasasining shtamp va shifri.

2. Datum - Retsept berilgan sana.

3. Nomen aegrōti - Bemorning ismi, sharifi.

4. Aetas aegrōti - Bemorning yoshi.

5. Nomen medici - Vrachning ismi sharifi.

6. Praescriptio – Bu lotincha qism bo`lib, unda “Invocatio” – vrachning standart “Recipe: - Ol:” degan murojaati bilan boshlanadi, hamda “designatio materiarum ” - dori-darmonning miqdori mavjud bo`ladi.

7. Subscriptio – (so`zma so`z tarjimada “quyida yozilgan” – moddalarning belgilanishi) – ushbu qismda farmatsevtga dori shakli, dozasi, qadoq turi, bemorga dorini berish tartibi kabi ko`rsatmalar beriladi.

RETSEPT STRUKTURASI

RETSEPT STRUKTURASI

8. Signatura – dorini qanday qabul qilish haqidagi ko`rsatmalar; ushbu qism “Signa - Belgila” yoki “Signētur - Belgilamoq” fe`li bilan boshlanadi va ona tilida bemorga dori qabul qilish bo`yicha ko`rsatmalar beriladi.

9. Nomen et sigillum personale medici - Vrachning shaxsiy imzosi va muhri.

  • Retsepdagi qo`shimcha quyidagi yozuvlar blankning o`ng tomonida yuqori qismida yoziladi:
  • 1. Cito - Darhol! yoki Statim ~ Tezlik bilan! (bemorga dori-darmonni shoshilinch berilishi zarurligini ko`rsatadi.)
  • 2. Repete! - Takrorla yoki Bis repetatur! - Ikki marta takrorlansin! yozuvlari uzoq davom etuvchi davolanishda dori darmonning bir necha bor takrorlanishi kerakligini bildiradi

Recipe: Solutionis Iodi spirituosae 5% 2 ml

Recipe: Solutionis Iodi spirituosae 5% 2 ml

Tannini 3,0

Glycerini 10,0

Misce.Da.

Signa: milklarga surtish uchun

Recipe: Iodoformii 2,5

Vaselini ad 25,0

Misce, fiat unguentum

Da.

Signa: surtma

Ol: Spirtli yod eritmasi 5% 2 ml

Tannin 3,0

Glitserin 10,0

Aralashtir. Ber.

Belgila:milklarga surtish uchun

Ol: Yodoform 2,5

Vazelin 25,0 gacha

Aralashtir, surtma hosil bo`lsin

Ber.

Belgila: surtma

LEKSIK MINIMUM

LEKSIK MINIMUM

Dorivor o`simliklarning nomlari:

Belladonna,ae,f momaqaymoq

Crataegus,i,f do`lana

Rheum,i,n ravoch

Frangula,ae f itjumrut

Urtica,ae,f chayono`t

Dorivor moddalarning nomlari:

Aether,eris,m efir

Barbitalum-natrium,i,n barbital-natriy

Cacao kakao

Cordigitum,i,n kordigit

Dimedrolum,i,n dimedrol

Diprophyllinum,i,n diprofillin

Euphyllinum,i,n eufillin

Furacilinum,i,n furatsilin

Mentholum,i,n mentol

Nitroglycerinum,i,n nitroglitserin

Phenacetinum,i,n fenatsetin

Saccharum,i,n shakar

Tetracyclinum,i,n tetratsiklin

Validolum,i,n validol

Boshqa so`zlar:

aethylicus,a,um etilgaoid

aqua,ae,f suv

destillatus,a,um distillangan

fluidus,a,um suyuq

obductus,a,um po`st bilan qoplangan

oleosus,a,um moyli

quantum satis keragicha

spiritus,us,m spirt

I. Quyidagi retseptlarni tarjima qiling:

I. Quyidagi retseptlarni tarjima qiling:

1. Ol: Valeriana ekstrakti 0,3.

Do`lana nastoykasi 0,15.

Ravoch nastoykasi 0,8.

Barbital-natriy 0,2.

Etil spirti 20 ml.

Distillangan suv 200 ml gacha. Aralashtirilsin. Berilsin.

Belgilansin.

2.0l: Marvaridgul nastoykasi.

Valeriana nastoykasi tengma-teng 10 ml.

Nitroglitserin eritmasi 1% - 1 ml.

Validol 2 ml.

Aralashtirilsin. Berilsin.

Belgilansin.

3. Ol: Monomitsin 0,25

Shunday dozalarda 10 dona ber.

Belgila.

4. Ol: Barbital-natriyO,5.

Kakao moyi keragicha, shamcha hosil qilish uchun.

Shunday dozalarda 12 dona berilsin.

Belgilansin.

5. Ol: Eufillin 0,1

Dimedrol 0,0125.

Shakar 0,2.

Aralashtir, kukun hosil bo`lsin.

Shunday dozalarda 12 dona kapsulalarda ber.

Belgila.

II. Tarjima qiling:

II. Tarjima qiling:

1. Ol: Marvaridgul nastoykasi.

Valeriana nastoykasi tengma-teng 10 ml. Suyuq do`lana ekstrakti 5 ml.

Mentol 0,05.

Aralashtirilsin. Berilsin.

Belgilansin.

2. Ol: "Novomigrofen" tabletkalari 12dona. Berilsin. Belgilansin.

3. Ol: Sintomitsin linimenti 1%.

Novokain bilan 0,5 % - 50,0.

Berilsin. Belgilansin.

4. Ol: Dibazol eritmasi 5 ml.

Shunday dozalarda ampulalarda 6 dona ber.

Belgilansin.

5. Ol: Moyli nitroglitserin eritmasi 1% - 0,0005. Shunday dozalarda kapsulalarda 6 dona ber.

Belgilansin.

6. Ol: Amidopirin.

Analgin tengma-teng 0,25.

Shunday dozalarda tabletkalarda 12 dona ber.

Belgila.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin