Lidiya davlati. Reja


Mustaqil o`qish. Troya oti va yunonlar hiylasi



Yüklə 83 Kb.
səhifə3/13
tarix02.12.2023
ölçüsü83 Kb.
#171405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Lidiya davlati.

Mustaqil o`qish. Troya oti va yunonlar hiylasi. Yunonlar Troyani ishg`ol qilish uchun uzluksiz janglar olib boradilar. Ular har qancha urinishmasin shaharga kira olmaydilar. Chunki troyaliklar o`z shaharlarini mardonavor himoya qiladilar. Shaharni jang bilan ololmagan yunonlar hiyla ishlatishga jazm qiladilar. Ular Yunonistonning Itaka oroli shohi Odisseyning maslahati bilan yog`ochdan katta ot yasaydilar. Yog`och ot ichiga jasur jangchilarni joylab, uni Troya shahri devori tagiga olib borib qo`yadilar. Yunon askarlari shahar devori atrofidan chekinib Egey dengizidagi orollarning biriga borib joylashadilar. Troyaliklar yunonlar hiylasidan bexabar ulkan yog`och otni shaharga olib kiradilar va tomosha qiladilar. Tomoshadan keyin hamma uyquga ketadi. Hamma uyquga ketganiga ishonch hosil qilgan yunon jangchilari ot ichidan chiqib, uyquda yotgan troya jangchilarini o`ldirib, shahar darvozasini ochadilar.
Oroldan qaytib kelib darvoza ortida kutib turgan yunon jangchilari seldek shaharga bostirib kiradilar. Shaharda mudofaachilar bilan yunonlar o`rtasida ayovsiz jang boshlanadi. Yunonlar gaflatda qolgan troyaliklarni – erkaklar-u ayollarni, qariyalar-u bolalarni beayov qiradilar. Shaharni talon-taroj qilib, unga o`t qo`yadilar. Yunonlar behisob boyliklarni qo`lga kiritib aholini asir qilib haydab ketadilar.
3. Frigiya podsholigi. Frigiya Kichik Osiyo g`arbidagi quldorlik davlatlaridan biridir. U Kichik Osiyo g`arbiy qismining o`rtasida joylashgan tog`li mamlakat. Frigiyadan ko`p irmoqli Sangariy daryosi oqib o`tadi. Uning iqlimi mo`tadil bo`lib, yog`ingarchilik bahor va qish oylarida ko`proq bo`ladi. Frigiyada xettlarga mansub qabilalar ham yashaganlar.
Miloddan avvalgi II mingyillik o`rtalarida Makedoniya va Frigiyadan juda ko`p qabilalar ko`chib kelib, ular o`zlarini frigeylar deb atashgan. Miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi yarmida frigeylar Frigiya podsholigiga asos soladilar. Ular Troya urushi davrida troyaliklar bilan yelkama-yelka turib yunonlarga qarshi kurashganlar. Troyaliklar yunonlardan yengilgach, Frigiya Troyani o`z ta`siriga olgan. Miloddan avvalgi XII asr oxirida Frigiya qo`shinlarining sharqqa uyushtirgan hujumlari ossurlar tomonidan to`xtatilgan.

Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin