Lidiya davlati. Reja


Miloddan avvalgi X–VIII asrlarda



Yüklə 83 Kb.
səhifə4/13
tarix02.12.2023
ölçüsü83 Kb.
#171405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Lidiya davlati.

Miloddan avvalgi X–VIII asrlarda Frigiya podsholigi kuchayadi. Sangariy daryosining o`ng sohilida joylashgan Gordion shahri podsholik poytaxti edi. Frigiyaliklar oddiy dehqondan chiqqan podsholari Gordiya bilan g`ururlanganlar. Gordiyaning o`g`li shoh Midas davrida Frigiya podsholigi o`z kuch-qudratini saqlab tuigan. U ilm, fan va madaniyat homiysi bo`lgan shohlardan edi. Midas podsholik chegaralarini kengaytirish uchun Sharq tomon yurish qilgan. Midas qo`shinlari Ossuriya shohi Saigon II qo`shinlari bilan tog`lik joyda bo`lib o`tgan jangda yengilgan. Ossurlar 3000 qal`a, 10 shahar, 2400 asir va behisob boyliklarni qo`lga kiritganlar. Midas Ossuriya hukmronligini tan olib, Ossur shohiga o`lpon to`lashga majbur bo`lgan.
Miloddan avvalgi XIII asr oxirlarida atrofdan bo`lgan qo`shni qabilalarning to`xtovsiz hujumlari natijasida Frigiya qo`shinlari mag`lubiyatga uchragach, shoh Midas o`z joniga qasd qilgan. Miloddan avvalgi VII asr boshlarida Frigiya podsholigi kuchsizlanib, dastlab Lidiya ta`siriga, keyinchalik eroniylar, yunon-makedonlar, rimliklar va vizantiyaliklar ta`siriga tushib qolgan.
4. Frigiyaning xo`jaligi va madaniyati. Frigiyaning qulay iqlim sharoiti, daryo, soylari va unumdor tuprog`i, shuningdek qazilma boyliklari xo`jalikning hamma tarmoqlarini rivojlanishiga imkon bergan Gomer va Gerodot ma`lumotlariga ko`ra frigiyaliklar uzumchilik va yilqichilikda shuhrat qozonganlar. Frigiya dehqonlari va bog`bonlari arpa, bug`doy, tariq, kunjut, anjir, olma, nok kabi mevali daraxt va boshqa ekinlardan yuqori hosil olganlar. Ot, xachir, eshak va qoramollardan, ho`kizlardan xo`jalik ishlarida keng foydalanilgan. Otlardan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Frigiya tog`laridan oltin, kumush, mis, temir, qo`rg`oshin va boshqa ma`danlar qazib olingan, kon qazish ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan. Frigiya uzoq-yaqin qo`shni mamlakatlar – yunonlar, misrlikiar, lidiyaliklar, ossurlar, urartlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar.
Frigiyaliklar qo`shni xalqlar madaniyatidan bahramand bo`lib, o`ziga xos madaniyat yaratganlar. Ularning Gordiya va Midas kabi shohlari ilm-fan, san`at va madaniyat homiysi bo`lishgan. Frigiyaliklar Kichik Osiyo yunonlarining alifbosi asosida o`z yozuvlarini yaratganlar.
Frigiyaliklar ilm-fanning turli sohalarida, shuningdek adabiyot sohasida ham katta yutuqlarga erishganlar. Ulardan chiqqan Darete ismli shoir Gomergacha Frigiya «Iliada»sini yozganligi ma`lum. Ularda kuy, raqs, qo`shiq san`ati ham rivoj topgan bo`lib, xilma-xil musiqa asboblari yasash va ularni ijro etishda shuhrat qozonganlar. Frigiyaliklar dastlab tabiat kuchlariga, buyumlarga e`tiqod qilganlar. Lekin Ulug` ona va uning ma`shuqasi Attisa ular e`tiqod etgan bosh xudo bo`lgan. Ular tabiat kuchiari va hosildorlik ramzi hisoblanganlar.

Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin