OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
«TRANSPORT» fakulteti
«YO’L MUHANDISLIGI» kafedrasi
_______________________________- guruhi talabasi
Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash
fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Jizzax-2023
№1 Laboratoriya mashg’uloti
Optik teodalitda vertikal burchak o‘lchash va relfni
qiyalizini hisoblash.
Laboratoriya mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi:
Mashg‘ulot davomida 2T30
rusumdagi teodolitlar bilan vertikal burchak o‘lchash, ularning usullari, teodolit vertikal doirasini
qiyalik burchagini hisoblash usuli o‘rganiladi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar:
Teodolit shtativi bilan, geodezik
reyka, burchak o‘lchash jurnali.
Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar
Vertikal doira qiyalik burchagi teodalitning vertikal doirasidan foydalanilgan holda
o‘lchanadi. Vertikal doira limbdan iborat bo‘lib, ko‘rish trubasiga mustahkam biriktirilgan va
ko‘rish trubasi bilan birga harakatlanadi.
Qiyalik burchagini o‘lchash
Qiyalik burchagini o‘lchash uchun teodolitni ish holatiga keltiriladi va ko‘rish trubasini
kuzatuvchi nuqtaga to‘g‘rilab maxkamlanadi, so‘ngra alidada va trubaning to‘g‘rilovchi vintlari
orqali iplar to‘rini kuzatilayotgan nuqta bilan birlashtiriladi. Vertikal doiradagi alidada ustidagi
pufakcha sathini ampula o‘rtasiga keltiriladi va vertikal doiradan sanoq olinadi. Trubani zenit o‘qi
buyicha aylantirib, vertikal doiraning boshqa holatida ham qaytariladi. Hisoblashlar esa
yuqoridagi ifodalar bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |