3.Sportchilarni kasallanishi va jarohatlanishi
Kasallik-A.A.Ostroumov (1844-1908) ning iborasicha, organizm holati bilan atrof muhit o`rtasidagi muvozanatning natijasidir. lekin organizmdagi o`zgarishlar atrof muhit ta’siridan tashkari o`zining holatiga, a’zolarining o`zaro munosabatiga va mavjud bo`lgan o`zgarishlarga moslashish qobiliyatiga xam bog`lik bo’ladi.Sog`lom odam organizmi turli sharoitga (ishlaganda, sport bilan shug`ullanganda) moslashadi, yurak urishi kuchayib qon aylanishi, nafas olishi tezlashadi, modda almashish kuchayadi. bunday holat fiziologik normal holat hisoblanadi. kasalliklar turlicha bo’lib, ularning xar birini o`ziga xos alomat (simptom)lari bo’ladi. jumladan, organizm harorati o`zgarib, et uvishishi, kuvvatsizlik, terida o`zgarish paydo bo`lishi, og`rik paydo bo’lib, ko`ngil aynishi, ich ketishi yoki qayt qilish kabi alomatlar kuzatiladi. binobarin, kasallik organizmning normal holatini buzishi tufayli u atrof-muhitga moslasha olmay, mehnat qobiliyati pasayadi. kasallik ta’sirida kasallangan a’zo morfologiyasining o`zgarishi patomorfoz deb ataladi.Organizm kasallangan vaqtda odamning ruxiy holati muxim axamiyatga egadir. odamning xaddan tashkari ruhiy azoblanishi yoki qo`rqishga xam kasallik sababchi bo’ladi.Kasallik davri quyidagi bosqichlarga bo`linadi:
Dostları ilə paylaş: |