195
Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengisi,
viloyatlar hokimiyati va Toshkent shahri hokimiyati o‘z hududlari
bo‘yicha byudjet loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan muddatlarda (ammo birinchi iyuldan kechikmasdan)
taqdim etadilar. Vazirliklar va respublika byudjetidan moliyalashtirila-
digan byudjet mablag‘ini oluvchilar xuddi yuqoridagi ko‘rinishda o‘z
arizalarini taqdim etadilar. Moliya vazirligi kerakli ma’lumotlarni va
hujjatlarni talab qiladi va kelgusi moliya yili uchun joriy yilning
birinchi oktyabrigacha davlat byudjetining loyihasini tuzadi.
Dostları ilə paylaş: