Fiskal
organlar
– davlatning moliyaviy resurslarini
shakllantirishda ishtirok etuvchi va byudjet shaklida jamg‘aruvchi
organdir. O‘zbekistonda fiskal funksiyani vakolatli moliya organlari,
jumladan g‘aznachilik organlari va davlatning byudjetdan tashqari
fondlari (masalan, Pensiya fond).
Ta’kidlash joizki, fiskal funksiya va soliq ma’murchiligi
funksiyalarini davlat hokimiyatining boshqa organlari ham amalga
oshirishlari mumkin.
Soliq
munosabatlarining
vaqtinchalik
ishtirokchilari
.
Qonunchilikda ko‘zda tutilgan muayan sharoitlarda soliq ishtirok-
chilari soliq sohasiga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega
mutaxassislarni ham jalb etishlari mumkin. Bunday shaxslarning
ishtiroki albatta cheklangan bo‘ladi, shu sababli ularni ma’lum
shartlar bo‘yicha taklif etish mumkin bo‘ladi. bunga masalan
mutaxassislar, tarjimonlar, ekspertlarning soliq nazorati va taftishi
jarayoniga jalb qilinishi orqali ko‘rishimiz mumkin.
4. Davlatning soliq siyosati
Siyosat deganda, davlatning oldindan belgilab, aniqlab qo‘ygan
chora-tadbirlari yig‘indisi tushuniladi. Soliq bo‘yicha ishlarni tashkil
qilish ham muayyan siyosat tarzida amalga oshiriladi. Soliq siyosati
davlatning moliya siyosatini eng muhim, tarkibiy ajralmas qismidir.
Soliq siyosati
– davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va
qarorlarni ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilishdagi
chora-tadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisidir. Shunday ekan, faqat
mustaqil davlatgina o‘z mustaqil soliq siyosatiga ega bo‘la oladi.
Soliq siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
– soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish;
259
– davlatning ilmiy asoslangan soliq siyosati konsepsiyasini ishlab
chiqish va amaldagi soliqqa tortish amaliyoti bilan uyg‘unlashuvini
ta’minlash;
– soliqqa tortishning asosiy konsepsiyalarini belgilash, davlat
soliq ma’murchiligi asoslarini va uning asosiy tamoyillarini belgilab
berish va hokazolar.
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabat-
lardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika
iqtisodiyotini barqarorlashtirishga va rivojlanishiga har tomonlama
faol ta’sir ko‘rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo‘lib,
iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati ham
iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Soliq davlatning moliyaviy manbayi bo‘lganligi sababli va
yuqori tashkilot bo‘lganligi sababli, soliq siyosatini ishlab
chiqishning asosiy tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning
uchun davlat o‘z qonunidagi butun kuchni, idoralarni jalb qilib uni
ishlab chiqadi. Bunday tashkilotlarga Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya
vazirligi va boshqa ilmiy uslubiy tashkilotlar kiradi. Davlat soliq
siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlar mohiyati, ahamiyati,
kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o‘rganiladi. Yangi
kiritilayotgan soliqlarning ilmiy asoslanganligi tekshiriladi. Faqat bir
soha mutaxassislari taklifini tezda olib, ularga qarab qaror qilishi
to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki har sohaning vakili o‘z sohasining
vazifalaridan kelib chiqib takliflar qilishi, umumdavlat manfaatlarini
to‘liq ilgaridan ko‘ra olmasligi mumkin. Ma’lum qarorga
kelingandan so‘ng soliq siyosati loyihasi qaror chiqaruvchi organ
tasdig‘iga berilsa maqsadga muvofiq, bozor iqtisodiyoti mohiyatiga
mos keladi. Tasdiqlangan soliq siyosatining keng jamoatchilikka
ommaviy axborotlar orqali ma’lum qilish zarur. Shunday siyosatning
ijrosini ham strategik jihatdan, ham taktik jihatdan ta’minlashni yana
davlat o‘z zimmasiga oladi. Buning uchun o‘zining tegishli
idoralarini ishga soladi.
Demak, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni to‘liq
hayotga tadbiq qilishning tashkilotchisi va boshqaruvchisidir.
Davlatning faol soliq siyosati yuritishi bozor iqtisodiyotiga
muvaffaqiyatli o‘tish va uning munosabatlarini rivojlantirishning
260
muhim omilidir. Shunday qilib, soliq siyosati orqali davlat respublika
iqtisodiyotini har tomonlama barqarorlashtirish va rivojlantirishga
faol ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |