3. Moliyaviy nazoratning turlari
Moliyaviy nazoratning quyidagi usullari mavjud:
Tekshirish
–
hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida
korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining alohida masalalari ko‘rib
chiqiladi. Tekshirish jarayonida moliya intizomining buzilgan
nuqsonlari aniqlanadi, natijada, mavjud muammolarni bartaraf etish
va salbiy holatlarni takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar ishlab
chiqiladi.
O‘rganish – korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatining
alohida tomonlarini qamrab oladi. Tekshirishdan farqli o‘laroq,
o‘rganish ko‘rsatkichlarning keng ko‘lamini qamrab oladi va xo‘jalik
subyektining moliyaviy holatini, uni rivojlanish istiqbollarini, ishlab
chiqarishni qayta tashkil qilish yoki qayta ixtisoslashuvining
zarurligini aniqlab beradi. O‘rganish so‘rov va anketalar o‘tkazish
orqali amalga oshirilish mumkin.
Tahlil
–
moliyaviy nazoratning bir usuli sifatida tizimli va
omilli bo‘lishi lozim. U davriy yoki yillik hisobotlar orqali bajariladi.
Pirovardida, rejaning bajarilish, mablag‘larni sarflanish me’yorlariga
rioya etilish, moliyaviy intizomga rioya etilish darajalari aniqlanadi.
Taftish – korxona va tashkilotlarning hisobot davridagi
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun qo‘llaniladigan eng
muhim usullardan biri hisoblanadi. Amaliyotda har qanday taftishni
amalga oshirishdan oldin maxsus dastur qabul qilinib, uning
tarkibida taftish maqsadi, obyekti, mavzusi va vazifalarni bajarish
bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy masalalar aks ettiriladi. Taftishning
89
maqsadidan kelib chiqib, turli xil yondashishlar qo‘llaniladi,
jumladan, reja va hisobotdagi ma’lumotlarni qiyoslash, naqd pullarni
tekshirish, hujjatli va qarama-qarshi tekshirishlar, tovar-moddiy
boyliklarni inventarizasiya qilish va shunga o‘xshashlar.
Taftish
yakunida
uni
amalga
oshirgan
mutaxassislar
korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida yuzaga kelgan kamchiliklar
va muammolarni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rsatiladigan
dalolatnoma tuziladi.
Moliyaviy nazorat uslubini kuzatish, qiyoslash, tahlil qilish,
olingan natijalarni umumlashtirish, ulardan bir butun xulosa
chiqarish, ayrim faktlardan umumiy xulosaga kelish va umumiy
holatdan xususiy xulosalarga kelishni o‘z ichiga olgan o‘ziga xos
uslubiy yo‘nalishlar, vositalar yordamida moliya-iqtisodiy axborotni
va nazorat obyektining haqiqiy holatini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish
deb tushunish mumkin.
Moliyaviy nazorat usullarini quyidagi guruhlarga tasniflashimiz
mumkin:
umumuslubiy usullar: taftish, audit, tahlil, mavzuli
tekshirish, tadqiq qilish, pirovard natijani dasturiy baholash;
hujjatlar asosidagi nazorat usullari: rasmiy va arifmetik
tekshirish, yuridik baholash, mantiqiy nazorat, muqobil tekshirish,
teskari hisob usuli, balans, qiyoslash, hisobotlarning sanoq bahosi;
dalillar bo‘yicha nazorat usullari: ro‘yxatga olish, ekspertiza,
ko‘z bilan kuzatish, nazorat o‘lchovi, nazorat tariqasida ishga
tushirish, vaqtni aniq o‘lchash, ish kuni taqsimlanishini o‘rganish,
laboratoriya tahlili.
Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar
asosidagi tekshirishlar singari xilma-xil usullarni qo‘shib foydalanish
orqali erishiladi. Tekshirish jarayonida jalb qilinadigan axborot
manbalarining to‘g‘riligini aniqlash, xo‘jalik subyektining murakkab
vaziyatlardagi yoki noaniqlik sharoitidagi xatti-harakatlarining
izchilligini oydinlashtirish, faktik materialni tahlil qilish va
umumlashtirish – bularning bari nazoratning turli-tuman usullaridan
foydalanishni taqozo etadi.
90
Hujjatlar, faktlar asosidagi yoki kompyuter yordamidagi
uslubiy usullarni tahlil qilinayotgan ma’lumotlar manbalariga ko‘ra
aniqlash mumkin.
Hujjatlar asosidagi nazorat uchun, xususan, dastlabki hujjatlar;
buxgalteriya hisobi registrlari; buxgalteriya, statistika va opera-
tiv-texnik hisobotlar; rejali, me’yoriy, texnologik, loyiha-konst-
ruktorlik ko‘rinishidagi boshqa hujjatlar axborot manbai bo‘lib
xizmat qiladi.
Daliliy nazorat tekshirilayotgan obyektlarning haqiqiy holatini
natura holida ko‘zdan kechirish (qayta hisoblash, vaznini o‘lchash,
ekspertiza qilish, laboratoriya tahlili va boshqalar) ma’lumotlari
bo‘yicha o‘rganishdan iborat. Hujjatlarning mukammalligi va
dastlabki hujjatlar va hisob qaydlarining shubhasiz asosliligi zarurat
tug‘ilganda maxsus faktik nazorat uslublari yordamida aniqlanadi.
Faqatgina hujjatlar orqali nazorat qilish uslublariga asoslangan taftish
obyektning butun moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘rganmasdan,
buxgalteriya hujjatlari va hisob registrlarini tekshirishdangina iborat
bo‘lib qolgan bo‘lar edi.
Hujjatlar asosidagi va faktik nazorat bir-birini to‘ldiradi,
ularning alohida qo‘llanilishi amalda g‘oyat kam uchraydi. Hujjatlar
asosidagi va faktik nazorat uslublarga bo‘linishining shartli
ekanligini faktik ma’lumotlarni hisob ma’lumotlariga qiyoslash bilan
yakunlanuvchi ro‘yxatga olish uslubida kuzatish mumkin.
Hisob-kitob faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini
keng joriy etish, buxgalteriya ma’lumotlarini saqlashda dastlabki
ma’lumotlarni qayta ishlash, amaliy dasturlar paketi yordamida
buxgalteriya hisob-kitobi registrlari va hisobotlarini tuzish
nazoratning yangi – kompyuterlashgan usulining paydo bo‘lishiga
imkon yaratdi.
Axborot texnologiyalari amaliy dasturlar paketi yordamida har
qanday axborotni qog‘ozda, ya’ni muayyan hujjat ko‘rinishida olish
mumkinligiga oid e’tirozlarni asossiz deb hisoblash mumkin.
Qog‘ozdagi ifoda faqat bu hujjatni tuzgan mas’ul shaxs tomonidan
imzolangan taqdirdagina hujjat sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bundan tashqari, kompyuterlarning turli viruslarga moyilligi,
hujjatlar
bilan
asoslovsiz,
osongina
tuzatishlar
kiritilishi
91
soxtalashtirilgan ma’lumotlar olish xavfini tug‘diradi. Shu tufayli
zamonaviy nazoratchi yoki auditor uchun kompyuterda qayta
ishlangan hujjatning to‘g‘riligini (yoki ishonchsizligini) farqlay
bilish muhim. Hujjatning o‘ziga xos shakli va uni olish uchun maxsus
bilim zarurligi, nazarimizda ilmiy-amaliy hayotga “axborot
xavfsizligi va kompyuter nazorati” atamasini kiritishga asos beradi.
Axborot xavfsizligi hujjatlar asosidagi va faktik nazoratdan
alohida holda olib borilishi mumkin emas, ularning hammasi o‘zaro
bir-birini to‘ldiradi.
Moliyaviy nazoratni to‘liq yoki qisman, kompleks yoki
mavzuli, yoppasiga yoki tanlab o‘tkaziladigan nazorat turlariga
bo‘lish tekshirish hajmi yoki tekshirilayotgan obyektning to‘liq
qamrab olinishiga bog‘liq.
Idoraviy
buysunishdagi
korxonalar
va
tashkilotlarda
o‘tkaziladigan taftishlar, shuningdek, audit va tahlil (shartnoma yoki
dasturga bog‘liq holda) majmuaviy xarakterga ega bo‘ladi. Korxona,
tashkilot moliya-xo‘jalik (tadbirkorlik tijorat) faoliyatining ayrim
bo‘limlari (qism, uchastkalari) holatini tekshirish mavzuli tekshirish
deb ataladi. Masalan, moddiy boyliklar (asosiy vositalar yoki
nomoddiy aktivlar)ning saqlanishi va ulardan foydalanishni
tekshirish, moliyaviy natijalar aniqlanishining to‘g‘riligini tekshirish
va boshqalar.
Kompleks yoki mavzuli (operatsiya) tekshirishni o‘tkazish
chog‘ida hujjatlar yalpi yoki tanlab tekshirilishi mumkin. Yalpi
tekshirish chog‘ida nazoratdan o‘tkazilayotgan davr mobaynidagi
dastlabki hujjatlar hisob registrlari va hisobotlar tariqasida
rasmiylashtirilib amalga oshirilgan barcha operatsiyalar mazmuni
ko‘rib chiqiladi. Tanlab tekshirishda tekshirib chiqilayotgan davrdagi
operatsiyalarnig bir qismi (masalan, har bir oyda ketma-ket yoki bir
necha kun) qamrab olishni nazarda tutiladi. Agar tanlab tekshirish
chog‘ida suiste’mol qilish, ko‘zbo‘yamachilik aniqlansa, u holda
yalpi tekshirishga o‘tish lozim. «To‘liq tekshirish» yoki «qisman
tekshirish» atamalari hujjatlar asosidagi yoki faktik nazorat
usullariga taalluqli. Ro‘yxatga olishni o‘tkazishda barcha moddiy
boyliklarning saqlanganligini tekshirish bilan to‘liq qamrab olish
mumkin.
92
Shunday qilib, boshqaruv tizimidagi subyektlarning maqomi va
roli, subyektlarning o‘zi, nazorat amallarini bajarish vaqti, manbalari,
tekshirish bilan qamrab olish hajmi va to‘laligi moliyaning nazorat
usulini tasniflash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yuzaga kelgan murakkab sharoitda moliyaviy nazoratni
ishonchli va samarali mexanizmida davlat hukumat organlari bilan
boshqaruv organlarining kelishilgan va birdamlik asosida faoliyat
olib borilishi lozim. Bu organlarning har birini faoliyatidagi
vazifalari, belgilangan kompetensiyalari, ish usullari O‘zbekiston
Respublikasini qonunlarida belgilanib, ular doirasida olib boriladi.
Shuning bilan bir qatorda, ishning murakkabligi va ko‘p qirraligini
inobatga olgan holda, davlatni iqtisodiy ahamiyatini himoya qilinishi,
ayrim vaziyatlarda, birlashgan kuchni yoki boshqacha qilib aytganda,
o‘zaro bog‘langan faoliyatini quyidagi 3 asosiy yo‘nalishi bo‘yicha
amalga oshirilishi kerak:
moliyaviy qonun buzilishini aniqlash va bartaraf qilish;
davlatga moliyaviy zararni qonun bilan belgilangan soliqlar,
penyalar, jarimalar va boshqa sanksiyalar yordamida moddiy
qoplashni ta’minlash;
moliyaviy qonun buzishni oldini oladigan profilaktik
chora-tadbirlarni o‘tkazish;
Dostları ilə paylaş: |