Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Davlat byudjeti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

2. Davlat byudjeti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga taqdim etilishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi vakolatli vazirliklar bilan birgalikda birinchi oktyabrgacha 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjet loyihasini 
taqdim etadi. Byudjet loyihasida: 
1.Davlat byudjeti loyihasi tuzilgan o‘rta muddatli asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar; 
2. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining byudjet siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari; 
3. O‘tgan yilgi va joriy yilning birinchi yarim yilida byudjetning 
bajarilishi bo‘yicha hisobot; 
4. Harakatdagi tasnif tizimiga ko‘ra keyingi yil uchun daromad 
va xarajatlar prognozi; 
5. Makaroiqtisodiy tahlil natijalariga asoslangan keyingi moliya 
yili uchun tuzilgan byudjet daromadlari va xarajatlari prognoziga 
sharhlar; 
6. Harakatdagi va tasdiq uchun taqdim etilayotgan byudjet 
dasturining ro‘yxati; 
7. Joriy investesiyalar uchun kapital qo‘yilmalarning prognozi; 
8. Davlatning tashqi va ichki qarzlarining holati va bular 
bo‘yicha o‘tgan moliya yilidagi mablag‘lar harakati; 
9. Davlat korxonalarining o‘tgan va o‘tayotgan moliya yilidagi 
moliyaviy holati, kelgusi moliya yili uchun asosiy moliya 
ko‘rsatkichlarining prognozi; 
10. Kelgusi yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunning 
loyihasi. 


196 
Kelgusi yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunning loyihasida: 
1. Tavsiya etilayotgan assignovaniyani moliyalashtirish uchun 
zarur bo‘ladigan, harakatdagi qonunchilikka to‘g‘ri keladigan 
daromadlar manbai, turi va hajmi ko‘rsatiladi; 
2. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlarida ko‘zda 
tutilgan, kelgusi moliya yilida byudjet mablag‘larini oluvchilarga 
mablag‘ ajratishni ko‘zda tutuvchi assignovaniya; 
3. Daromad va xarajatlar harakatdagi byudjet tasnifi tizimida 
ko‘zda tutilgan holda kapital va joriy xarajatlarga bo‘lingan holda aks 
ettiriladi; 
4. Umumdavlat solig‘laridan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
Respublika 
byudjetiga, 
Toshkent 
shahri 
va 
viloyatlar 
hokimiyatlarining byudjetiga ajratiladigan ajratmalar me’yori, 
shuningdek, daromadlar hajmi, dotatsiya va subvensiyalar bilan 
birgalikda, va ko‘rsatilgan byudjetlarning xarajatlari; 
5. Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi byudjetlarning aylanma 
kassa(naqd) hajmi aniqlanadi; 
6. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining, 
Qoraqalpogiston Respublikasining Respublika byudjeti fondining, 
Toshkent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining ko‘zda tutilmagan 
xarajatlarni qoplash uchun tuziladigan rezerv fondining hajmi 
ko‘rsatiladi; 
7. Davlat byudjeti taqchilligining yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan 
hajmi va uni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi; 
8. Davlat tomonidan beriladigan kreditlarning, davlatning tashqi 
va ichki qarzlarining chegarasi ko‘rsatiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki 
uning topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri 
keyingi moliya yili uchun tuziladigan davlat byudjeti loyihasini 
tayyorlash jarayonini koordinasiya va nazoratini amalga oshiradi. 
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki 
uning topshirig‘iga ko‘ra Moliya Vazirligi birinchi noyabrdan 
kechikmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga keyingi 
moliya yili uchun byudjet loyihasini taqdim etadi.

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin