190
stavkalarining o‘sishi kuzatiladi. Markaziy bank foiz stavkalarining
keskin o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ochiq bozordan
davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi orqali pul massasining
o‘sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu esa defitsit va pul
massasining o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
Markaziy bank orqali
yuzaga keltirish imkoniyatini yaratmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun
investitsiyalarning byudjetdan moliyalashtirishi zarurligini hech kim
inkor etmaydi. Lekin ayni paytda bu byudjet defitsitini qisqarishiga
olib kelmasligini ham hisobga olish kerak. Binobarin, iqtisodiyotni
erkinlashtirish
byudjet
xarajatlarini
investisiyalardagi
ustuvorligining nodavlat moliyaviy manbalarga qaratilishi muhimdir.
Shuni ham ta’kidlash joizki, investitsiyalarning moliyaviy
manbalari sanoqlidir. Ular aholi jamg‘armalari, byudjet mablag‘lari,
xo‘jalik faoliyati subyektlari mablag‘lari va nihoyat pulga chaqilgan
turli moddiy aktivlardan iborat.
Byudjet daromadlari, xarajatlari va taqchillikni moliyalashtirish
tasnifidan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni bildirish mumkin:
–
Inflyatsiya sharoitida taqchillikni moliyalash manbalari asosan
ichki qarz mablag‘lari va manbalari hisobiga amalga oshirilmoqda.
Fikrimizcha, tashqi qarz mablag‘larini
jalb etish milliy iqtiso-
diyotning yanada taraqqiy topishi uchun muhim manba bo‘lib xizmat
qiladi. Mazkur jarayonni xorijiy mamlakatlar va milliy modelning
xususiyatlarini hisobga olgan hoda amalga oshirish mumkin.
–
Milliy iqtisodiyotning so‘nggi yillardagi barqaror rivojlanishi,
davlat byudjetning ikki davomida profisit bilan ijro etilishi
iqtisodiyotda investisiya uchun zahira jamag‘armalarining
mavjud-
ligidan dalolat beradi, bu esa davlat xarajatlarini yanada oshirish,
ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishga yo‘naltiriladigan
mablag‘lar hajmini oshirishga shart-sharoit yaratadi. Shu ma’noda
byudjet ijrosining yangi tizimi hisoblangan G‘aznachilikni joylarda
qisqa muddatlarda joriy etishga sarf-xarajatlarni
moliyalashtirishni
oshirish imkoniyati mavjud.
–
Byudjet taqchilligini kamaytirish iqtisodiyotda mutanosiblikni
ta’minlashi muhim omili hisoblanadi. Buning uchun esa boshqaruv
xarajatlarini qisqartirish, dotatsiyalarning har xil turlarini va
191
narxlarini qoplash uchun mablag‘
ajratilishini kamaytirish,
markazlashtirilgan kafolatlash tizimidan voz kechish, mahalliy
byudjetlar mustaqilligi va o‘z-o‘zini moliyalashtirishga erishish
lozim.
Dostları ilə paylaş: