201
(aniqlab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat yalpi
daromadining bir qismini jamg‘aradi, real
va moliyaviy aktivlarni
sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq
to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy
fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o‘ynaydi.
Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan
(kishilar to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash
uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar
Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar
tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy
xo‘jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida)
birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va
boyliklarini to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan (berayotgan) va ayrim
tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol
mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol
qilayotgan
kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi)
8
.
Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi”
atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga
yo‘l qo‘yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi”
iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari
ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. Shu
munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan ajratmoq
(farqlamoq) lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi”
aniqlilik darajasining
“oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega
ekanligini qayd etib o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga
tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy
xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalar-da, uning oilasi bo‘la olmaydi. Xuddi
shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo‘ja-
ligi
tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k.
Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z
ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy
xo‘jaligining
iqtisodiy
jihatdan
aniqliligini
(aniqlanishini)
belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘la olmaydi. Buning
_______________________
8
Финансово-кредитный энциклопедический словарь / Под общ. Ред. А.Г.Грязновой. – М.: 2002. С. 299.
202
ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar,
eng avvalo, shu bilan belgila-
nadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni yuritayotgan
shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining
iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi)
ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik
yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida
ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim:
birgalikda (bir joyda) yashash;
umumiy byudjetning mavjudligi;
iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
Uy xo‘jaliklari moliyasi moliya
tizimining muhim elementi
hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol
maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini
shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid)
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni
e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif
berish mumkin.
Uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish
uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va
foydalanishga
tegishli
(oid)
bo‘lgan
iqtisodiy
(moliyaviy)
munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi .
Dostları ilə paylaş: