Amortizatsiya xarajatlari:
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olinadigan asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar ushbu modda maqsadlarida amortizatsiya
qilinadigan aktivlar deb e’tirof etiladi.
Quyidagilar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof
etilmaydi va amortizatsiya qilinmaydi:
1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa
obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
2) mahsuldor chorva mollari;
285
3) axborot-kutubxona fondi;
4) muzey ashyolari;
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya
qilingan asosiy vositalar;
6) moddiy madaniy meros obyektlari;
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘lkalar,
sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari
tasarrufida bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari to‘liq xarajatlar jumlasiga kiritilgan
mol-mulk;
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga
o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar;
10) notijorat tashkilotlarning Soliq kodeks 318-moddasining
birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib
olingan hamda notijorat faoliyatini amalga oshirish uchun
foydalaniladigan mol-mulki, bundan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish munosabati bilan sotib olingan va tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk mustasno;
11) Soliq kodeks 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-kichik
bandlariga muvofiq kelib tushgan mablag‘lar hisobidan olingan yoki
sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulk.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati Soliq kodeksning
308-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya ajratmalari va (yoki)
investitsiyaviy chegirmalar orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, ushbu moddada nazarda
tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Nomoddiy
aktivlarning
qiymati
Soliq
kodeksning
307-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlar jumlasiga
kiritiladi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar, bundan nomoddiy aktivlar
mustasno, soliq solish maqsadlarida guruhlar (kichik guruhlar)
bo‘yicha taqsimlanadi va ularni sotib olishga (yaratishga) doir
chiqimlar amortizatsiya ajratmalari orqali amortizatsiyaning
quyidagi cheklangan normalari bo‘yicha xarajatlar jumlasiga
kiritiladi:
|