431
tirilgan tartibda hisoblab chiqarish haqidagi arizani soliq organiga
taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab;
3) ushbu modda to‘qqizinchi qismining
3-bandida
ko‘rsatilganlar uchun – joriy yilning 1-yanvaridan boshlab.
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan
tartibidan ixtiyoriy ravishda voz kechish va soliq bazasini hisoblab
chiqarishning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan
umumiy tartibiga o‘tish kelgusi soliq davri boshlanganidan e’tiboran
amalga oshiriladi.
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning umumiy tartibiga o‘tish
to‘g‘risidagi bildirishnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda soliq davri boshlanishidan
kamida bir oy oldin soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga
taqdim etiladi.
Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi:
1) yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida,
shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga
yo‘l qo‘yuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli bo‘lgan
ko‘chmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i solinishi lozim bo‘lgan daromadlari;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hamda
yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig‘ini to‘lashga o‘tguniga qadar
aylanmadan soliqni to‘lash davrida tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar.
Dostları ilə paylaş: