Soliq manbai (налоговый/tax) – bu subyektning daromadidir.
Ba’zi soliqlarda daromad va foyda ham soliq obyekti, ham soliq manbai
bo‘ladi. Lekin boshqa soliqlarda obyektlar har xil, manba esa - daromad
bo‘ladi.
Soliq obyekti (налоговый объект/Tax object) – soliq
solinadigan daromad, oborot yoki mulkdir. Uning foyda, ish haqi, yer,
imorat, jami xarajat kabi turlari mavjud.
Soliq salohiyati (налоговый потенциал/Tax potential) –
amaldagi qonunchilikka binoan soliq bazalarining tarkibi va tuzilishi
kelib chiqqan byudjetning maksimal soliq daromad-lari so‘mmasi. Soliq salohiyatini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi: faktik (haqiqiy) soliq
tushumlari, soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni qo‘shimcha o‘sishi,
soliq imtiyozlari qismidagi tushib qolayotgan daromadlar, soliq
organlarining nazorat ishlari natijasi bo‘yicha qo‘shimcha hisoblab
chiqilgan soliqlar, iqtisodiyotning yashirin sektori bo‘yicha soliq
daromadlarini yo‘qotish, ya’ni yashirin iqtisodiyot resurslari.
Soliq siyosati strategiyasi (стратегия налоговой политики/Tax policy strategy) – muayyan muddatga mo‘ljallangan
soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari va
chora-tadbirlari majmui.
Soliq solinadigan baza (налогооблагаемая база/Taxable base) – soliqqa tortish obyektining soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning
stavkasi tatbiqan belgilangan ko‘rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va
boshqa tavsiflarini ifodalaydi (O‘zRning Soliq kodeksi).
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi (упрощенный налогoоблажение/Simplified taxation) – soliqqa tortishning ayrim
toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim tur-dagi
soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan
soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda
tutuvchi alohida tartibi.